“Xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishda fakultet professor-o‘qituvchilarining o‘rni” – mavzusida navbatdagi seminar o‘tkazildi

“Xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishda fakultet professor-o‘qituvchilarining o‘rni” – mavzusida navbatdagi seminar o‘tkazildi
2017-12-15 | 142622

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprel, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar, ya’ni, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida 2017 yil 23 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Kompyuter injiniringi fakulteti dekani, fizika-matematika fanlari doktori Indiaminov Ravshan SHukurovich tomonidan “Xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishda fakultet professor-o‘qituvchilarining o‘rni” – mavzusida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

Seminarda R.SH. Indiaminov tomonidan filialda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning o‘tgan ikki hafta davomida olib borgan ilmiy izlanishlari, xalqaro impakt-faktori mavjud jurnallarda chop etgan maqolalari (2ta) hamda chop etish uchun tayyorlanayotgan maqolalar (7ta) haqida ma’lumot berib, navbatdagi seminarni boshladi.

Seminar “Impakt-faktor tushunchasi”, “Scopus va Google-Schoolar bazalari”, “Web of Science tizimidan ro‘yxatdan o‘tish va foydalanish” mavzulariga bag‘ishlandi.

 Seminar davomida R.SH. Indiaminov fakultet kafedralari kesimida 2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan “Xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish rejasi”ga binoan maqola chop etishi rejalashtirilgan professor-o‘qituvchilar bilan qisqa suhbatlar o‘tkazib, mavjud muammolar bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi va bu jarayonlarni yanada rivojlantirish lozimligini ta’kidladi.

 Seminar so‘ngida “Tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti M.YAxshiboev so‘zga chiqib, o‘tkazilib kelinayotgan seminarlar filialning barcha professor-o‘qituvchilariga ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini rivojlantirishga katta xissa qo‘shayotganligini va bu borada berilayotgan maslahat va ko‘maklari uchun R.SH. Indiaminovga o‘z minnatdorchiligini bildirib, bunday ishlarning samarasi yaqin kelajakda albatta o‘z aksini topishini ta’kidladi.

R.SH. Indiaminov professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlarni olib borishlarida, xususan, ilmiy maqolalar chop etishlarida yordam ko‘rsatish va maslahatlar berishga doim tayyor ekanligini ta’kidlab, barcha professor-o‘qituvchilarga ularning ilmiy ishlariga muvafaqqiyatlar tiladi.