Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

998 (66)2322929
998 (66)2322929
:info@samtuit.uz
Sh.Mirzo ko'chasi 47 A uy

Ilmiy faoliyat

           TATU Samarqand filiali Ilmiy bo‘limi fakultetlar, kafedralar  ilmiy  mavzularini  tashkillashtirish,  ilmiy  ish yo‘nalishlarini  aniqlashtirish, kafedralarda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tayorlanishini, tanlovlarga qatnashishini ta’minlash, Kafedralararo hamkorlikni tashkil qilib, xalqaro grant loyihalar tayorlash va tanlovlarga qatnashishini ta’minlash,  professor-o‘qituvchilarning ilmiy-amaliy anjumanini tashkil qilish, materiallarini chop etishga tayorlash va uni tashkil etish, OTM lararo, Respublika, Xalqaro anjumanlarni tashkil etish, materiallarini chop etishga tayorlash, Filial yillik ilmiy hisobotini jadvallari bilan birgalikda Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshirishni tashkillashtirish,Grantlar chorak va yillik hisobotlarini filial Ilmiy Kengashda ko‘rib chiqilishini va TATU ilmiy bo‘limiga topshirilishini tashkillashtirish, Filial bo‘yicha ilmiy ishlar natijasi bo‘yicha viloyat statistika boshqarmasiga hisobotlar tayorlash va topshirish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish  vazirligi, viloyat hokimiatidan keladigan modemmogrammalariga javoblar tayorlash va yuborish, Filial bo‘yicha mustaqil katta ilmiy xodimlar mavzularini, ilmiy maslahatchilarini va Ilmiy Kengashlarda ko‘rilib OAK byulletinida chop etilishini tashkillashtirish, Filial ilmiy seminarini tashkil qilish  kabi faoltyatlarn  amalga oshirish kabi vazifalar ustida ish olib bormoqda.

Tashkil etilganiga endigina  10 yil to‘lgan Filialimizda kadrlarimizning zamonaviy yuqori ilmiy potensiali natijasi bo‘lmish axborot–kommunakatsion texnologiyalar  yo‘nalishi bo‘yicha birinchi samarali natijalarni qo‘lga kiritdik, u ham bo‘lsa professor-o‘qituvchilarimiz va talabalarimiz ilm sohasida ma’lum bir yutuqlarga erishdilar. 2013-2014 o‘quv yili filialimizning qisqa tarixida ilm sohasida yutuqlar yili bo‘ldi. Katta Ilmiy xodim  tadqiqotchilarimiz: R.Yusupov, O.Mamaraupov,  N.O.Raximov, Sh.T.Xodjaev, Z.A.Qarshievlar, 2014 28-iyunda Toshkent Davlar Texnika Universiteti qoshidagi ilmiy Kengashda  dotsent R.Indiaminov doktorlik disserssiyasini himoya qildi. 2015 yilda Fransiyaning  Katta Ilmiy xodim mustaqil tadqiqotchilar: Sh.Eshonqulov, F.Usmonov, S.Isxakova, D.Toshpulatov, I.Boynazarov, Z.M.Maxmudov, N.I.Abdullaeva, Q.A.Bekmurodov, A.B.Qarshiev,  Z.A.Qarshiev, T.R.Soqiev, B.B.Mardonov, D.Q.Yakubjanova,  M.U.Yaxshiboev, A.Abdukarimov, F.Murodov, N.Ganieva, D.Toirova, Sh.T.Xodjaev, S.T.Kubaev, I.Xo‘jayorovlar   

TATU ning bir qancha nufuzli universitetlar, tashkilotlar va firmalar bilan aloqalar o‘rnatishi, hamkorlik qilishi TATU Samarqand filiali olimlarining ham ilmiy salohiyatini oshirishga, ham ularning  jahon miqyosida katta mavqeyiga  ega  bo‘lgan  ko‘plab mamlakatlarning  yetakchi ilmiy markazlari hamda universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga va ilmiy tadqiqotlar olib borishga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatmoqda. 

TATU Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari ilmiy salohiyatdan kelib chiqqan holda ilmiy ishlar va tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2012-2016 yillar uchun e’lon qilingan ilmiy fundamental loyihalar tanlovida TATU Samarqand filiali xodimlari tomonidan ikkita loyiha yutildi: “Anizotrop  elektr o‘tkazuvchanlikni hisobga olgan holda tok tashuvchi anizotrop qobiqlar elektromagnitoelastikligi bog‘liqli chiziqlimas masalalarini yechish metodikasi, algoritmi va dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha R.Sh.Indiaminov rahbarligida yiliga 24 706 138 so‘m hajmida, professor B.Eshpulatov rahbarligida “Kvant o‘lchamli nanostrukturalar fizikasi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha 129 223 000 so‘m hajmida.

2015-2017 yillar uchun e’lon qilingan ilmiy amaliy loyihalar tanlovida TATU Samarqand filiali xodimlari tomonidan beshta loyiha yutildi: “Qo‘lyozma matnlarni (harf, raqam, yordamchi belgilar, so‘zlar) va shaxs imzolarini anglovchi, ularning qaysi shaxsga tegishli ekanligini  aniqlovchi algoritmlar va dasturiy vositalarni yaratish» mavzusidagi ilmiy amaliy loyiha Q.A.Bekmurodov  rahbarligida  yiliga 21 900 000 so‘m hajmida, “Anizotrop jismlar magnitotermoelastikligi bog‘liqli masalalari matematik va dasturiy ta’minoti” mavzusidagi ilmiy amaliy loyiha R.Sh.Indiaminov  rahbarligida  yiliga 31 755 000 so‘m hajmida, “Ko‘p o‘lchovli elastik jismlarning tebranishi masalalarini va elastiklik nazariyasining ikki o‘lchovli masalalarini matematik modellashtirish” mavzusidagi ilmiy amaliy loyiha A.Abdukarimov  rahbarligida  yiliga 131 400 000 so‘m hajmida, “AKT yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari uchun masofaviy ta’lim elektron tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy amaliy loyiha I.M.Boynazarov  rahbarligida  yiliga 278 130 000 so‘m hajmida, “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini modulli o‘qitishga pedagoglarni kompetentli tayyorlashning psixologik-pedagogik asoslari (TATU va uning filiallarida bakalavr va magistrlar tayyorlash bazasida)” mavzusidagi ilmiy amaliy loyiha S.Musinov rahbarligida yiliga 93 075 000 so‘m hajmida, “Ma’lumotlarni intellektual tahlil qilishning parallel algoritmlarini qurish dasturiy vositalarini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy amaliy loyiha Z.A.Qarshiev rahbarligida yiliga 158 775 000 so‘m hajmida.

 2016-2017 yillar uchun e’lon qilingan yoshlarning ilmiy amaliy loyihalar tanlovida TATU Samarqand filiali xodimi  tomonidan bitta loyiha yutildi: “Shaxsni ko‘z qorachig‘i asosida identifikatsiyalovchi biometrik tizimni yaratish” mavzusidagi ilmiy amaliy loyiha H.Rahmonov rahbarligida yiliga 25 000 000 so‘m hajmida


2009 yildan boshlab TATU Samarqand filiali “Kompyuter tizimlari” kafedrasi dotsentlari Q.A.Bekmurodov, T.T.Xodjaev va assistent Sh.T.Xodjaevlarning “Samarqandraygaz”, “Samarqandshahargaz” korxonalari bilan olib borgan hamkorlikdagi ishlar natijasida va TATU Samarqand filialida yaratilgan dasturiy vositalarining qo‘llanishi natijasida 17.6 million so‘mdan ko‘proq iqtisodiy samaradorlik berdi. Katta o`qituvchi  Sh.T.Xodjaev olib borgan ishlar va uning himoya qilingan texnika fanlari bo‘yicha fan nomzodi darajasini olish uchun yozilgan  dissertasiyasiga asos bo‘ldi. TATU Samarqand filiali “Kompyuter tizimlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.T.Kubaevning paxta terish mashinalarining turg‘unlik holatlarni o‘rganish bo‘yicha izlanishlari har bir mashinadan 700 000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlik berib, olingan natijalar uning himoya qilingan texnika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertasiyasiga asos bo‘ldi. Bundan tashqari oxirgi o‘quv yillarida TATU Samarqand filiali professor-o‘qituvchi va talabalari: dotsentlar Q.A.Bekmurodov, I.Boynazarov, T.T.Xodjaev, A.Abdukarimov, S.Musinov, Sh.T.Xodjaevlar katta o‘qituvchilar T.R.Soqiev, N.Ganieva, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar O.A.Mamaraufov, N.O.Raximov va Z.Qarshievlar, assistentlar N.V.Gostev, M.Karimovlar tomonidan davlat patent idorasining16 ta patenti olingan.