Best Soft Challenge 2017 dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha Respublika tanlovi natijalari

Best Soft Challenge 2017 dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha Respublika tanlovi natijalari
2017-12-16 | 627312


 “Best Soft Challenge – 2017” Tanlovi g‘oliblari to‘rtta nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi. G‘oliblar ro‘yxatidan eng aktual va innovatsion ishlanmalar o‘rin olgan bo‘lib, bular quyidagilar:

 “Aqlli shahar” IT-loyihasi nominatsiyasi

1 o‘rin: «VeloBOT»

2 o‘rin: «Мобильная библиотека: читайте здесь и сейчас»

3 o‘rin: «UyJoy360»

Kompyuter va mobil o’yinlar sohasidagi IT-loyiha nominatsiyasi

1 o‘rin: «Mylab»

2 o‘rin: «NEO QUIZ»       

3 o‘rin: «Binary Game»

Savdo va xizmatlar sohasidagi IT nominatsiyasi

1 o‘rin: «VR Tours»

2 o‘rin: «Delivery System»

3 o‘rin: «Delivery food (Food express)»

Maxsus nominatsiya “AKT sohasidagi innovatsion g'oya”

1 o‘rin: «Security PHP Wall»

2 o‘rin: «Менинг виртуал оламим»

3 o‘rin: «E-kutubxona»

Shuningdek, Kompyuter va mobil o‘yinlar yo‘nalishi bo‘yicha "Alpomish" loyihasi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.

 Eslatib o‘tamiz, “Best Soft Challenge-2017” dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha Respublika yoshlar tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida UZINFOCOM Markazi, VeRgo dasturchilar markazi, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan tashkillashtirilgan.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan hakamlar hay’ati baholashlari uchun tayyor dasturiy yechimlar hamda nominatsiyalar bo‘yicha loyiha va g‘oyalar taqdim qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun jami 300 dan ortiq ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tgan.

 Tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialining talabalaridan tashkil topgan 4 jamoa qatnashib 2 ta jamoa g’oliblar safidan o’rin olishdi.

 

Kompyuter va mobil o’yinlar sohasidagi IT-loyiha nominatsiyasi

2 o‘rin: «NEO QUIZ»

1.      Xalilov Dilshod

2.      Hamroqulov Farrux

3.      Naimov Ozodbek

Savdo va xizmatlar sohasidagi IT nominatsiyasi

3 o‘rin: «Delivery food (Food express)»

1.      Baxtiyorov Botir

2.      Abdullayev Axror

3.      Nurullayev Xushvaqt

 Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi joriy yilning 18 dekabr kuni, soat 15:00 da, “Media Hall” majmuasi (Toshkent sh., Matbuotchilar ko‘chasi, 17 uy, “Zarafshon” konsert zalida)da o‘tkaziladi.

http://bestsoft.software.uz/