E’LON announcement

E’LON announcement
2018-11-12 | 524

Samarqand davlat chet tillar instituti Samarqand shahridagi oliy o'quv yurtlarining matematika, fizika, biologiya, kimyo, qishloq xo'jaligi, axborot texnologiyalari, muhandislik fakultetlari 1 va 2 bosqich talabalarini AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda STEM (science, technical, engineering, mathematics) loyihasi doirasida tashkil etilgan bepul ingliz tili kurslariga taklif qilamiz.

O’quv mashg’ulotlari malakali mahalliy hamda Amerikadan kelgan o'qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Kursga qatnashish istagida bo’lgan talabalar anketani SFTUITInReDep telegram kanalidan yoki https://samdchti.uz/elonlar/stem-loyihasi yuklab olishlari mumkin. To’ldirilgan anketalar 2018 yil 15 noyabrdan kechiktirilmasdan intdep@samdchti.uz; otabekuz10@mail.ru elektron pochta manzillariga jo’natishi yoki SamDChTI xalqaro aloqalar bo’limiga taqdim etishi lozim.

Tanlov shartlari bo’yicha ma’lumotlar taqdim etilgan anketada ko’rsatilgan elektron pochta orqali xabar qilinadi.

To’liq ma’lumot olish uchun murojaat:

M.Tursunov

Xalqaro aloqalar bo’limi, 212-auditoriya

Tel: +99897 395 57 29

Telegram kanal: SFTUITInReDep