Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv

Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv
2018-11-26 | 200

           Yaqinda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

            Uchrashuvda Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi deportamenti direktori Radjiv Kumar,  Hindiston dasturiy texnologiyalar parki jamiyati bosh direktori Omkar Ray,  Ilg‘or kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori NavinJayn va boshqalar ishtirok etishdi.

          Uchrashuv jarayonida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan,  O‘zbekistonda axborot texnologiyalari(AT)-parklarni yaratish va rivojlantirish,  TATU huzuridagi Javoharlal Neru nomidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi bazasida Hindistonning Ilg‘or kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish markazi (S-DAC) o‘quv dasturi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish va elektron hukumat, axborot texnologiyalari sohasidagi boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi.