DIQQAT OLIMPIADA!

DIQQAT OLIMPIADA!
2018-01-12 | 626846

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan fizika va matematika fanlaridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi respublika olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

Olimpiadada O‘zbekiston Respublikasi hududidagi urta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, ya’ni, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi yoki bitirgan uquvchilari. shuningdek, o‘n bir yillik umumiy o‘rta maktabning 11-sinf bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Olimpiadada ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar olimpiadaning rasmiy www.matfiz.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, olimpiada shartlari va o‘tkazish boskichlari bilan tanishgandan so‘ng ish girok etish huquqiga ega bo‘ladilar.

Olimpiada uch bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi (saralash) bosqichi-2018 yil 20 yanvar kuni onlayn tarzda, test ko‘rinishida o‘tkazilib, fizika va matematika fanlaridan musobaqaning rasmiy veb sayti www.matfiz.uz da ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng ishtirok etiladi. Test savollarining 80 foiziga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar olimpiada rasmiy saytining “1-bosqich g‘oliblari” bo‘limida e’lon qilinadi;

Ikkinchi (mintaqaviy) bosqichi - 2018 yil 10 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududlardagi: Qarshi, Samarqand, Farg‘ona, Nukus, Urganch filiallarida o‘tkaziladi. Mazkur bosqich ishtirokchilari orasidan “Matematika” va “Fizika” fanlaridan amaliy masalalarga qo‘yiladigan maksimal ballning kamida 80 foizini to‘plagan o‘quvchilar olimpiada rasmiy saytining “2- bosqich g‘oliblari” bo‘limida e’lon qilinadi va musobaqaning uchinchi final boskichiga taklif qilinadi;

 Uchinchi (yakuniy) bosqichi - 2018 yil 22-25-fevral kunlari Toshkent shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda Fizika va matematika fanlaridan 10 tadan amaliy masalalarni yozma topshiradilar. Olimpiada finali sovrindorlari ro‘yxati saytning “Final - Toshkent sh.” Va “Takdirlash taxtasi” bo‘limlarida ko‘rsatiladi.

Olimpiadaning uchinchi bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 21 ta ishtirokchi sovrindor hisoblanadi. Barcha sovrindorlarga qimmatbaho sovrinlar va diplomlar beriladi. SHuningdek, ular Toshkent shahridagi INXA universiteti tomonidan ingliz tilidan bepul o‘qish huquqini beruvchi yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Olimpiada Nizomi bilan www.matfiz.uz saytida tanishish mumkin.