Janubiy Koreyaning Keimyung kollej universiteti tashrifi

Janubiy Koreyaning Keimyung kollej universiteti tashrifi
2018-12-03 | 273

          2018 yil 29 noyabr kuni Janubiy Koreyaning Keimyung kollej universiteti vakillari KOICA o‘quv markazi rahbariyati bilan filialga tashrif etishdi.

          Uchrashuv vaqtida universitet faoliyati va KOICA o‘quv markazi bilan hamkorligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Filialimiz bilan kelgisi faoliyatda hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

           “Biz nafaqat millat balki dunyo ehtiyoj sezadigan iste’dodlarga ta’lim berib,  shu bilan birgalikda ularga zarur bo‘lgan barcha shart sharoitlarni yaratib,  yuqori sifatli ta’lim berishni  davom ettiramiz” deya ta’kidlaydi  Keimyung kolleji universiteti direktori Park Myung-Ho.

                                                                                                     Universitet haqida

           Keimyung kolleji universiteti 1962 yilda ochilgan bo‘lib,  unda 5300 nafar talabalar ta’lim olishadi.  Universitet 200 ming kvadrat metrlik yaxshi kampusda joylashgan,  so‘ngi texnologiyalar bilan ta’minlangan va keng shart-sharoitlarga ega bo‘lgan ta’lim markazidir. 

           Kollej kutubxonasi 250 mingta kitob va materiallar ega bo‘lib,   shuningdek,    barcha qulayliklarga ega,   eng zamonaviy madaniy majmua bo‘lib,   hozirda talabalar orzusidagi optimal xizmatlarni taqdim etishga tayyorlanmoqda.