Yoshlarimizni yod g‘oyalardan asraylik

Yoshlarimizni yod g‘oyalardan asraylik
2018-09-05 | 711

Bugungi murakkab globallashuv davrida yoshlarimiz qalbi va ongini turli zararli g‘oyalar ta’siridan ximoya qilish, ularni milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat va Vatanga muxabbat ruhida kamol toptirish asosiy vazifadir.

Shu maqsadda 2018 yil 5 sentabr kuni soat 11:00da TATU Samarqand filialining 127 auditoriyasida “Kompyuter injiniring” fakultetining 70 nafar 1 kurs talabalari ishtirokida “Yoshlarimizni yod g‘oyalardan asraylik” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Tadbirda filial ma’muriyati, Kompyuter injiniring fakulteti dekani va dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar ittifoqi BT, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, guruh murabbiylari  ishtirok etishdi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul Sh.Eshonkulov so‘zga chiqib yoshlarimizni turli yod g‘oyalardan asrash, “Oila-Mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligini mustahkamlash, talaba-yoshlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligini ta’minlash maqsadida filial chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va shu asosda talabalar uchun guruhlar kesimida tushuntirish targ‘ibot ishlarini tashkil etish belgilandi.

2018 yil 5 sentyabrdan 15 sentyabrga qadar filialda tahsil olayotgan talabalaning guruhlar kesimida “Yoshlarimizni yod g‘oyalardan asraylik” mavzusida tadbirlar o‘tkazish jadvali ishlab chiqildi, ushbu jadval asosida tadbirlar o‘tkazish belgilandi.

Shundan so‘ng “O‘zbekiston” MTRK tomonidan tayyorlangan “Hujradagi zulmat” nomli videofilmi namoyish etildi.