Direktor tabrigi

Filialimizga marhamat!

     Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2 - iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida” PQ-91-sonli qaroriga muofiq tashkil etilgan.
   TATU Samarqand filiali Samarqand, Jizzax va Buxoro viloyatlari uchun Axborot komunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlashga mo‘ljallangan.
    Shu kunga qadar filialimiz Respublika Xalq xo‘jaligiga aloqa va axborotlashtirish sohasi uchun 2851 nafar yuqori malakali yetuk mutaxassis kadrlar, 4 nafar fan doktori va 22 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari tayyorlab berdi.
  Bugungi kunda filialda bakalavriatning 7 ta yo‘nalishi va magistraturaning 3 ta mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda, jumladan, 2478 nafar bakalavriat va 79 nafar magistratura talabalari tahsil olishmoqda.
    Filial professor-o‘qituvchilarining 118 nafari asosiy shtatda faoliyat olib bormoqdalar. Ularning 4 nafari fan doktori, 42 nafari fan nomzodi yoki falsafa doktorlaridir. Ilmiy salohiyat 38.5 % ni tashkil etadi.
Filialda “Kompyuter injiniringi” va “Telekomunikatsiya texnologiyalari va Kasb ta’limi” fakultetlari mavjud bo‘lib, bu fakultetlarda “Axborot texnologiyalari”, “Kompyuter tizimlari”, “Dasturiy injiniringi”, “Axborot xavfsizligi”, “Tabiiy fanlar” va “Telekomunikatsiya injiniringi”, “Axborot ta’lim texnologiyalari”, “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” va “Tillar” kafedralari tashkil etilgan.
    Filialimizda yuqori malakali dasturchi mutaxassis tayyorlashga, dasturiy mahsulotlar yaratishga va amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor berilmoqda.
   Osiyo va Yevropaning mashhur oliygohlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Filialimiz professor o‘qituvchilari Koreya Respublikasi oliygohlarida malaka oshirmoqdalar va xorijlik professorlar talabalarimizga mobil ilovalar, C++ tili va Linux OS tizimlari fanlari bo‘yicha saboq bermoqdalar.
Filialimiz professor-o‘qituvchilari sizning AKT sohasida yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingiz va Respublikamiz shon-shuhratini dunyoga yoyishingizda bor ilmiy salohiyatlarini va kuch g‘ayratlarini ishga soladilar. Bu yo‘lda sizga tirishqoqlik, matonat, sabr-toqat, omad va zafarlar yor bo‘lsin.