Filialga Samarqand viloyat Innovatsion rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari tashrif buyurdi

Joriy 2021 yilning 14 iyun kuni  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga Samarqand viloyat Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Nurmuhammad Mardonov, Ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Alisher Narbaev, Innovatsion loyihalar va tijoratlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Abdulaziz Suyarovlar tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Olimjon Yalg‘ashev kutib oldi.

Tashrif davomida Samarqand viloyat Innovatsion rivojlanish boshqarmasi  mutaxassislari tomonidan olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun maxsus "Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi: Tanlov mavzulari va ilmiy loyihalar qanday shakllantiriladi" mavzusida hamda innovatsion loyihalar va tijoratlashtirish masalalari bo‘yicha seminar trening o‘tkazildi.

Shuningdek, mehmonlar tashrif doirasida  TATU Samarqand filiali faoliyati, filialdagi Inkubatsiya va akseleratsiya markazi (Incubation & Acceleration Center), Integrallashgan taʼlim axborot tizimini joriy qilish va kengaytirish loyihasiga asosan filialda ochilgan Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi, filial professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishishdi.

O‘z o‘rnida aytish joizki bunday tashriflar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi, shuningdek, davlat tashkilotlari, idoralar va filial o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi.