Bitiruv monitoringi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2016/2017 o‘quv yili bitiruvchilarining bandligi to‘g‘risida

                                                                                       MA’LUMOT

2016/2017 o‘quv yilida TATU Samarqand filialini 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 1 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 267 nafar bitiruvchilar mavjud, shulardan 250 nafari bakalavrlar (81 nafari davlat granti asosida, 169 nafari to‘lov-kontrakt asosida) va 17 nafar magistrlar (5 nafari davlat granti asosida, 12 nafari to‘lov-kontrakt asosida) bitirgan.

Bitiruvchilarning ishga taqsimlash va yosh mutaxassislar mehnat faoliyatini monitoring qilish maqsadida  2017 yil 15-yanvarda filial direktorining № 33 sonli buyrug‘i asosida  taqsimot komissiyasi tuzilgan. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ularning monitoringi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan shu asosida qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan asosiy ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar bilan bitiruvchi hamda filial o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar tuzilgan. Rejaga muvofiq taqsimotlar o'tkazilgan.