Direktor tabrigi

 

Filialimizga marhamat!

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2005 yil 2 - iyundagi "Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida”  PQ - 91 qaroriga muofiq tashkil etilgan. 

TATU Samarqand filiali Samarqand, Jizzax va Buxoro viloyatlari uchun    Axborot  komunikatsiya Texnologiyalari sohasida mutaxasis kadrlar tayyorlashga mo`ljallangan. 

Shu kunga qadar filial Respublikamiz Xalq  xo`jaligininga aloqa va axborotlashtirish sohasi uchun 2851 nafar yuqori malakali yetuk mutaxassis kadrlar, 4 nafar fan doktori va 14 nafar fan nomzodlari tayyorlab berdi.

Bugungi kunda filialda 1198 nafar bakalavriatura va 29 nafar magistratura talabalari tahsil olishmoqda .

Filial professor-o`qituvchilarining 94 nafari asosiy shtatda va 28 nafari o`rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqdalar. Ularning 5 nafari fan doktori, professorlar va 24 nafari fan nomzodi dotsentlardir. Ilmiy salohiyat 31 % ni tashkil etadi. 

"Kompyuter injiniringi”   va "Telekomunikatsiya texnologiyalari” va Kasb ta`limi fakultetlarining "Axborot texnologiyalari” "Kompyuter tizimlari”, "Dasturiy injiniringi”, "Tabiiy fanlar” va "Telekomunikatsiya injiniringi” , "Axborot ta`lim texnologiyalari”, "Gumanitar va ijtimoiy fanlar” hamda "Tillar” kafedralarida bakalavriatura va magistraturaning 9 ta yo`nalishi va mutaxassisliklari bo`yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Prezidentimizning 2020-yilgacha Respublikamizda E-hukumat tizimini joriy etish haqidagi qarorlaridan kelib chiqqan holda, filialimizda yuqori malakali dasturchi mutaxassis tayyorlashga, dasturiy mahsulotlar yaratishga va amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor berilmoqda.  

Osiyo va Yevropaning mashhur oliygohlari bilan hamkorlik yo`lga qo`yilgan. Filialimiz professor o`qituvchilari Koreya Respublikasi oliygohlarida malaka oshirayaptilar va chet ellik professorlar talabalarimizga mobil ilovalar, C++ tili va Linux OS tizimlari bo`yicha saboq bermoqdalar. 

Filialimiz professor o`qituvchilari sizning AKT sohasida yuqori malakali mutaxassis bo`lib yetishishingiz va Respublikamiz shon shuhratini dunyoga yoyishingizda bor ilmiy salohiyatlarini va kuch g`ayratlarini ishga soladilar. Bu yo`lda sizga tirishqoqlik, matonat, sabr-toqat, omad va zafarlar yor bo`lsin. 
Filialimizga marhamat!