Qabul hujjatlar to`plami

Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo`lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • magistratura mutaxassisligi ko`rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
  • oliy ma’lumot to`g`risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko`chirma — O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo`yicha o`qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
  • chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo`lgan holda)
  • 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
  • 086-U — shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.

Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko`rsatadilar.