Seminarlar

2018 yil 10 sentyabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida kredit ta'lim tizimini joriy etish borasida o'quv seminari bo'lib o'tdi.
O'quv seminarida, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o'quv ishlari buyicha prorektori Agzamov Fayzulla Saydakbarovich hamda TATUda kredit tizimini joriy etish bo'limi boshlig'i Farhod Alisherovlar ishtirok etishdi. Seminarda ma'ruzachilar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning barcha filialarida kredit tizimini joriy etishning afzalliklari, talabalarning bilim olishga bo'lgan ishtiyoqining oshishiga olib kelishiga, ularning chet el oliy o'quv yurtlarida 1-2 semestr o'qish imkoniyatlari borligi haqida gapirib berdilar va ko'rgazmali slaydlar asosida namoyish etdilar.