Telekommunikatsiya texnologiyalari

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultet dekani

Narzullev Ulug`bek Xayrullayevich

Qabul vaqti: Seshanba - Juma, 15:00 - 17:00 

Telefon: (0-366) 232-18-11

E-mail: dekantif@umail.uz

Manzil: V. Abdullayev ko'chasi 3 uy 103 xona 37,52,51,10 raqamli avtobuslarning Obirahmat bekati


Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultet dekani o'rinbosari

Umarov Abdumannon Abdullayevich

Qabul vaqti: Dushanba - Juma, 08:30 - 16:30 

Telefon: (0-366) 232-18-11

E-mail: dekantif@umail.uz

Manzil: V. Abdullayev ko'chasi 3 uy 104 xona 37,52,51,10 raqamli avtobuslarning Obirahmat bekati



Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi fakultetlari va kafedralarining tashkiliy tuzilmasi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari uchun axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida jahon standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash, shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tashkiliy faoliyatini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi "Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tug’risida”gi PQ-1942-son qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 iyundagi "Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarining tashkilish tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida”gi 188-son qarori;
 
2. O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo’mitasining 2013 yil 4 iyuldagi 280-son buyrug’i;
 
3. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 4 iyuldagi 232-son buyrug’i;
 
4. TATUning 2013 yil 5 iyuldagi 770- buyrug’i;
 
5. TATUning 2013 yil 29 avgustdagi 905-sonli buyrug’lari qabul qilingan.
 
Mazkur hujjatlar asosida filialdagi "Axborot va pedagogik texnologiyalar" fakulteti negizida "Kompyuter injiniringi” fakulteti 2013 yil avgust oyida tashkil etildi.
 
Fakultetga 2005-2010-yillarda dotsent N.A.Rajabov,  2011-2014 yillarda dotsent A.B.Qarshiyev rahbarlik qilgan. 
 
Fakultetda quyidagi kafedralar tashkil etilgan:
 
1. Axborot texnologiyalari
2. Dasturiy injiniring
3. Kompyuter tizimlari
4. Tabiiy fanlar
5. Gumanitar va ijtimoiy fanlar
 
Fakultetda bakalavriyat bo’yicha quyidagi yo’nalishlar mavjud:
 
5330500 — Kompyuter injiniringi (Kompyuter ingiringi, AT-Servisi) (1-3-kurs)
5330600 — Dasturiy injiniring (1-2-kurs)
5330200 — Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar bo’yicha) (4-kurs)
 
Magistratura bo’yicha quyidagi mutaxassislik mavjud:
 
5A330501 — Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash).