САМАРКАНДСКИЙ ФИЛИАЛ
ТАШКЕНТСКОГО УНИВЕРСИТЕТА ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ имени Мухаммада ал-Хоразмий

998 (66)2322929
998 (66)2322929
:info@samtuit.uz
Sh.Mirzo ko'chasi 47 A uy

SAMTUITPROJECT CHALLENGE-2018

«SamTUIT Project Challenge-2018» dasturiy ilovalar  ishlab chiqish bo‘yicha yosh dasturchilar tanlovi

 

 

Muddatlar

1 - bosqich: 2018 yilning 5-fevraldan 14-martgacha – ishtirokchilarni ro‘yxatga olish va loyihalarni taqdim etish (www.challange.samtuit.uz);

2 - bosqich: 2018 yilning 16-martdan 31-martgacha - saralash (finalchilarni aniqlash);

3 - bosqich: 2018 yilning 2-apreldan 5-aprelgacha – yakuniy saralash (g‘oliblarni aniqlash).

 

Nominatsiyalar

1. «Aqlli shahar» IT -loyihasi –shahar infrastrukturasi uchun ijtimoiy-muhim ob’ektlar, jamoat xavfsizligi, monitoring tizimi va ekologik ko‘rsatkichlar nazorati, ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash va saqlash tizimi, shahar ogohlantirish tizimi, shahar turistik portallari va virtual ekskursiyalari, aqlli ofis/konferents zal va boshqalar uchun innovatsion loyihalar;

2. Eng yaxshi  IT -biznes loyiha –loyiha-elektron savdoga asoslangan loyiha. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvat lash maqsadida mahalliy mahsulotlarni sotish va sotibolishga alohida e’tibor qaratish lozim;

3. Eng yaxshi IT –ijtimoiy loyiha –Aholi yashash sharoitlariga interaktiv xizmat ko‘rsatish va tashkilotlar ish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda ish jarayonini engidlashtiruvchi loyihalar;

4. Eng yaxshi  IT -o‘yin loyiha – kompьyuter va mobil multimediyali va ta’limiy o‘yinlar;

 

Tanlov ishtirokchilari

    Tanlovda oliy ta’lim muassasalari talabalari va kasb-hunar kollejlari hamda akademik litsey o‘quvchilari o‘z loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin:

Har bir guruhda 3 ta ishtirokchi; tarkibida 3 tadan ko‘p yoki kam ishtirokchi bo‘lgan guruhlar loyihalari ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish uchun tanlovning www.challenge.samtuit.uz  rasmiy saytida ko‘rsatilgan ro‘yxatga olish shaklini to‘ldirish va jo‘natish lozim.

 

To‘liq ma’lumot olish uchun: www.samtuit.uz, www.challenge.samtuit.uz, 

Dasturiy injiniring kafedrasi assistenti M.Tursunov

Telefon:  +99 897 395 57 29