Davlat rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi murosasiz pozitsiyasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining oraliq natijalari

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Bosh prokuratura tomonidan joriy 2021 yilning 2 iyun kuni oliy taʼlim muassasalarida Davlat rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi murosasiz pozitsiyasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining oraliq natijalarini professor-o‘qituvchilar va talabalarga yetkazish maqsadida onlayn brifing bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Bosh prokuratura masʼul xodimlari, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan olib borilib, unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktori Zaynidin Karshiyev, filial bo‘lim va markaz boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

TATU Samarqand filiali

Axborot xizmati