Mustaqilligimizning o'ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazishga bag'ishlab yig'ilish o'tkazildi

Joriy 2021 yilning 24 avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida direktor Zaynidin Karshiyev tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish"ga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur yig‘ilishda filial direktor o'rinbosarlari, fakultet dekanlari, bo‘lim va markaz boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etib, unda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazishga filial rahbari tomonidan alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan bir qatorda yangi 2021/2022 o‘quv yili uchun olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari ham atroflicha o'rganilib, masʼullarga kerakli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Z.Karshiyev Mustaqilligimizning o‘ttiz yilligi bosib o‘tgan rivojlanish yo‘limizni sarhisob qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarini chuqur tahlil qilish orqali oldimizda turgan ustuvor vazifa – O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri uchun poydevor yaratishga qaratilgan saʼy-harakatlarimizni yana-da kuchaytirishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etishi, Oʻzbekistonda kuzatilayotgan yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davri yurtimiz tarixi zarvaraqlarida yorqin sahifa boʻlib qolishi, maqsadli, tizimli olib borilgan tarbiya, taʼlim natijasida kelgusi avlod vakillaridan Navoiylar, Ulugʻbeklar, Ibn Sinolar yetishib chiqishini ta'kidladi.

Bashariyat tarixida Renessans – uygʻonish davrida ulkan kashfiyotlar, misli koʻrilmagan qurilishlar, global oʻzgarishlar yuz bergan, daholar yetishib chiqqan.

TATU Samarqand filiali Axborot xizmati