Birinchi kurs ma'lumotnomasi

 

Qadrli Birinchi kurs talabalari!
 
Test sinovlaridan muvaffaqiyat bilan yutib, talaba bo’lganingiz bilan qutlaymiz.
 
O’zbekiston Respublikasi uzluksiz talim turlaridan biri bo’lgan oliy talim ikki bosqichga ega: bakalavriyat-tanlangan talim yunalishi bo’yicha puhta bilim beruvchi va kamida 4 yil davom etadigan tayanch oliy talimdir; magistratura-aniq mutahassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy talimdir.
 
Siz tanlagan Toshkent axborot tehnologiyalari universiteti Samarqand filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91 sonli «Axborot tehnologiyalari soxasida kadrlar tayorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi qaroriga asosan tashkil topdi.
 
Ayni paytda filialda «Kompyuter injiniring» fakulteti, «Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb talimi» fakultetlari mavjud bo’lib, 7 kafedra faoliyat ko’rsatmoqda. Xozir filialda 78 nafar professor-o’qituvchilar 1196 nafar talabalarga axborot va kommunikatsiya tehnologiyalari soxada bilim berib kelishmoqda.
 
Kafedra - bir yoki o’zaro bog’liq bo’lgan bir necha fanlardan pedagogik, uslubiy va ilmiy ishlar olib boruvchi professor-o’qituvchilar jamoasi xisoblanadi. 
 
Fakultet - bir yoki bir necha turdosh talim yonalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha bilim olayotgan talabalar va ularga hizmat ko’rsatuvchi kafedralarni birlashtiruvchi bo’lim. Fakultetni dekan va uning muovinlari boshqaradi.
Filialda ikkita o’quv binosi mavjud bo’lib Samarqand shaxar Shoxruh Mirzo ko’chasi 47 «A» uy xamda Samarqand, Usto Umarqul Joʻraqulov koʻchasi, 15.
 
Filial kafedralari zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter honalari va 200 ga yaqin kompyuter va uskunular bilan taminlangan. Filialda 5 nafar fan doktori - professorlar, 33 nafar fan nomzodi va dotsentlar faoliyat ko’rsatmoқdalar.
 
Xurmatli birinchi kurs talabalari.
 
Toshkent axborot tehnologiyalari universiteti va uning 5 ta xududiy filiallari mavjud bo’lib jumladan Farg’ona, Samarqand, Қarshi, Urganch va Nukus filiallaridir.
 
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich.
TATU Samarqand filiali direktori Karshiyev Zayniddin Abduvaliyevich.
O’quv va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Yakubjanova Dilfuza Kodirovna.
Manaviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Rajabov Orzu.
TTKT fakulteti dekani Narzullayev Ulug’bek Hayrullayevich.
Kompyuter injiniring fakultet dekani Mamaroufov Odil.
TTKT fakulteti dekani o’rinbosari Umarov Abdumannon.
Kompyuter injiniring fakultet dekani o’rinbosari Ubaydullayev Malik.
 
Xurmatli talabalar Sizga talabalik guvoxnomasi va reyting daftarchasi beriladi. Ushbu hujjatlar Sizga filialga qarashli barcha bo’lim va shahobchalar hizmatidan foydalanish xuquqini beradi. Eng avvalo, bu xujjat Sizga filialning ahborot resurs markaziga azo bo’lishingiz va undan so’ng zaruriy darsliklar, o’quv qo’llanmalari, maruza matnlarini olishingizga asos yaratadi.
 
Talabalar foydalanishi uchun 12 ta kompyuter auditoriyalarii mavjud bo’lib, internet tarmog’iga ulangan shuningdek halqaro internet tarmog’idan foydalanish uchun Axborot markazi faoliyati yo’lga qo’yilgan. 
 
Filialning talabalar turar joyi Samarqand shaxar Qozi Zoda Rumiy ko’chasining 12-uyida joylashgan. Talabalar turar joyidan o’rin olish uchun fakultet dekani o’rinbosarlariga ariza bilan murojaat qilinadi.
 
Fakultetlardada qiziqishlar bo’yicha fan va sport to’garaklar faoliyat ko’rsatadi, ularda ishtirok etishingiz mumkin.
 
Oliy talimda oquv yili ikki semestr (yarim yillik)dan tashkil topadi. Talim yo’nalishining o’quv rejasiga muvofiq ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-ilmiy, umummutahassislik va ihtisoslik fanlari o’qitiladi. Darslar jadval asosida maruza, amaliy, seminar va tajriba (laboratoriya) mashg’ulotlari shaklida o’tkaziladi. Ayrim fanlardan mustaqil ravishda bajariladigan kurs ishlari va loyixalari xamda malakaviy amaliyotlar ko’zda tutiladi (o’қuv reja va dars jadvali dekanat oldida tahtada osilgan).
 
Oliy talimda talabalar  kredit-modul tizimi baxolanadi. Xar bir fan uchun ajratilgan soatga teng kredit bilan belgilanadi. Talaba semestr ohirigacha dars jadvaliga muvofiq darslarga majburiy ravishda qatnashuvi, joriy, oralik va yakuniy nazoratlar davomida fanlar bo’yicha belgilangan maksimal kriditni to’plashi shart. Nazoratlar og’zaki, test va yozma ish shaklida o’tkaziladi. Agar talaba berilgan kredit soatini to'plolmasa, Belgilangan miqdorda kredit summasini to'lab,Qayta o'qitishdan o'tgach o'qishni davom etiradi.
 
Oliy talim muassasalarida ijobiy o’zlashtirish ko’rsatkichlariga ega bo’lgan talabalar stipendiya (xar oyda beriladigan nafaqa puli) bilan taminlanadi. O’rtacha ozlashtirish ko’rsatkichlari 86-100 (alo); 71-85 (yahshi); 55-70 (qoniqarli) foizni tashkil etganda talaba mos ravishda stipendiya olish huquqiga ega. Birinchi kurs talabalari I semestr davomida 55-70 foiz o’zlashtirishga mos stipendiya oladilar. Keyingi semestrlarda egallagan o’zlashtirishga mos stipendiya bilan taminlanadi.
 
Oliy talim muassasalarida «Ustoz-shogird» tizimi mavjud. Umumkasbiy va ihtisoslik fanlari kafedralari bilan yaqindan tanishib olganingizdan so’ng, o’zingizga ustoz tanlashingiz mumkin. U Sizga ijtimoiy, manaviy masalalarda, o’quv va ilmiy ishlaringizda maslaxatchi va murabbiylik qiladi.
 
Ustoz - muayan fan, bilim, soxada betakror olim, pedagog, mutahassis, o’z yo’nalishi bo’yicha barcha yangiliklardan bohabar, xayotda o’z o’rnini topgan va maktabiga ega bo’lgan xolda u olim-fuzalo, oqil, komil, o’rnak bo’ladigan, o’zining ilg’or tajribasiga ega va kelajakni ilmiy tassavur qiladigan, ilmli, bilimli, xamma tomondan tan olingan maslahatgo’y inson xisoblanadi.    
 
Murabbiy - muayan fan, ilmiy yo’nalish bo’yicha yetuk pedagog - tarbiyachi bo’lib, zamon talabi darajasida pedagogik mahorat va ko’nikmalarga ega, yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga, ularni ilg’or fan yutuqlarni astoydil o’rganishga o’rgatadigan, yoshlarni yod g’oyalar tasiridan ogohlantiruvchi insondir.
 
Oliy talimda professor, dotsent, katta o’qituvchi va o’qituvchi (assistent)lar talabalarga dars beradilar. Odatda professor va dotsentlar  - maruza mashg’ulotlarini; katta o’qituvchi, o’qituvchi va assistentlar – amaliy va tajriba mashg’ulotlarini o’tkazadi  va  mustaqil ishlarga maslaxat beradi.
 
Barcha fanlar bo’yicha talaba maruzalarni tinglab, kutubhonadan olingan o’quv adabiyotlardan, kompyuter sinflaridagi internet tarmog’idan olingan yangi malumotlardan foydalanib ihtiyoriy ravishda konspekt tuzadi.
 
O’kuv reja va dasturlarga muvofiq dastlabki kurslarda ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-ilmiy fanlar, yuqori kurslarda umumkasbiy va ihtisoslik fanlaridan o’quv mashg’ulotlari o’tkaziladi. Tanlagan talim yo’nalishi o’quv rejalari va Siz o’zlashtirishingiz shart bo’lgan fanlar, shuningdek o’z ihtiyoringiz bilan tanlab o’qiydigan fanlar bo’yicha malumotni bitiruvchi kafedrangizdan olishingiz mumkin.
 
Sizga bilim cho’qqilarini egallab, Vatanga munosib barkamol kadr bo’lib yetishishingizga tilakdoshmiz.
 
Oq yo’l! Aziz yoshlar!