Umumiy ma'lumotlar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida» PQ - 91 Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.Hozirda Filial tasarrufida 3 ta oʼquv bino va talabalar turar joyi uchun 1 ta bino bor.

Zamonaviy tarzda jihozlangan 18ta maʼruza xonalari, 32ta amaliy mashgʼulot xonalari, 16ta kompyuter sinflari, 5ta oʼquv laboratoriyalari, 1 ta lingafon xonasi, axborot - resurs markazi va sport zal talabalar xizmatida. Har 4 nafar talabaga 1 ta kompyuter toʼgʼri keladi.

Oʼquv ishlari:

Filial tarkibida 2 ta fakultet va 9 ta kafedra mavjud.

Fakultetlar:

Kompyuter injiniring;

Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlimi.

Kafedralar:

Axborot texnologiyalari;

Kompyuter tizimlari;

Tabiiy fanlar;

Axborot taʼlim texnologiyalari;

Telekommunikatsiya injiniring;

Axborot xavfsizligi;

Gumanitar va ijtimoiy fanlar;

Tillar kafedrasi.

Bakalavriatura:

Informatika va axborot texnologiyalari;

Kasb taʼlimi (Informatika va axborot texnologiyalari);

Telekommunikatsiya;

Xizmat koʼrsatish texnikasi va texnologiyasi (elektron va kompyuter texnikasi);

Kompyuter injiniringi;

Telekommunikatsiya texnnologiyalari;

AKT sohasida kasb taʼlimi.

Magistratura:

Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti;

Kasb taʼlimi (informatika va multimedia texnologiyalari);

Kompyuter injiniring (kompyuter tizimlarini loyihalash).

Filialda barcha mashgʼulotlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib borilmoqda. Har bir fan boʼyicha zaruriy materiallar oʼquv uslubiy majmua sifatida shakllantirilib oʼquv jarayoniga xizmat qiluvchi texnik jihozlar yildan yilga boyitib borilmoqda. Hozirgi paytda filialda barcha darslar elektron taqdimotlar asosida multimediali vositalar yordamida oʼtilmoqda. Masofaviy elektron taʼlim usullari keng joriy qilingan boʼlib, pandemiya holatida (COVID-19) ushbu usullar keng qoʼl kelmoqda. 2020 yil davomida TATUning mutaxassislik kafedralari tomonidan fanlar boʼyicha masofaviy darslar videokonferentsiya shaklida tashkillashtirilmoqda va filial talabalari ushbu darslarda toʼliq qatnashmoqdalar.

Internet texnologiyalar oʼquv jarayoniga keng koʼlamda tadbiq etilmoqda. Oʼquv jarayoni uchun ajratilgan kompyuterlarning hammasi internetga ulangan va ulanish tezligi zamonaviy meʼyorlarga mos keladi. Talabalar nafaqat auditoriya darslarida, balki mustaqil ish, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini bajarishda internet resurslaridan toʼliq foydalanmoqda.

Shunga yarasha talabalarning internet texnologiyalari boʼyicha saviyasi va ongi keskin oʼsdi. Hozirgi talabalarimizda filial endi tashkil boʼlgan vaqtlardagi talabalarga nisbatan katta ijobiy farq bor.Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash. Filialda yuqori malakali ilmiy - pedagog kadrlar tayyorlash boʼyicha sezilarli yutuqlarga erishilgan. Jumladan, F.Axmedjanov doktorlik dissertatsiyasini, I.Boynazarov, N.Raximov, X.Primova, Sh.T.Xodjaev, S.T.Kubaev, Z.A.Qarshievlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildi.

Hozirgi vaqtda R.Indiaminov doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida, bir qator oʼqituvchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzulari OAK jurnalida eʼlon qilindi va ular doktorlik dissertatsiyasini mustaqil - tadqiqotchi sifatida bajarmoqdalar.

Chet tilini oʼrganish Oʼquv rejaga binoan 1-, 2- va 3 - kurslarda barcha talabalar uchun chet tili (ingliz, nemis yoki fransuz tili) darslari, 4 - kurs talabalari uchun yesa amaliy ingliz tili darslari oʼtilmoqda. Har yili 3 - 4 nafar talaba oʼzinig bitiruv malakaviy ishini ingliz tilida yozib himoya qilmoqda. Ingliz tili bilan faol shugʼullanadigan talabalar filial ochilgan yillarda 3 - 5% ni tashkil qilgan boʼlsa, hozir bu koʼrsatkich 40 - 45% dan kam emas.