Cheklab qo`yilgan ma'lumotlar

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti Samarqand filiali faoliyati to‘g‘risida foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‘yilgan ma’lumotlar

RO‘YXATI

Jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborot.
Jismoniy shaxsning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, uning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborot, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Axborot manbai yoki taxallus bilan imzo chekkan muallif to‘g‘risidagi axborot, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Yozishmalar, telefondagi so‘zlashuvlar, qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar siri to‘g‘risidagi axborot.
Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tergov va sud yurituvi siri hisoblangan ma’lumotlar.
Qonun hujjatlariga muvofiq axborot egasi axborot olishni cheklagan xizmatga doir ma’lumotlar.
Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar.
Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan bank siri, shaxsni sug‘urtalash va vasiyat siri.
Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan (vrachlik siri, notarial harakatlar, advokatlik siri va boshqalar) kasb faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar.
Ular haqidagi ma’lumotlar rasmiy tarzda e’lon qilingunga qadar ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasining mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.