Ijtimoiy muxofaza

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘z kasaba uyushma a’zolari uchun:

  • millat, jinsi, yoshi va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar Kasaba uyushma a’zosining mehnat qilishi, ishni, kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitini yaratib berishi va ishsizlikdan himoya qilinishiga doir konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishiga;
  • insonning ma’naviy va jismoniy kuch quvvatlarining tiklanish vositasi bo‘lgan bo‘sh ish vaqtni ko‘paytirish va undan oqilona foydalanishga;
  • mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofazalash qonunlari, qoidalari va me’yorlariga rioya etilishiga;
  • sog‘lomlashtirish uchun baza yaratilishiga va zarur vositalar ajratilishiga;
  • ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadlarida jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzilishiga, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
  • davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash, Kasaba uyushma a’zolarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonun hamda boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilinishiga, barqaror, hamjihatlik va fuqorolar totuvligini saqlab qolishga;
  • mexnatga haq to‘lashning ijtimoiy adolatli tizimni joriy etilishiga;
  • ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga binoan Kasaba uyushma a’zolarining malakasini oshirishga va kasb jihatidan qayta tayyorlashga erishishga intiladilar.

Kasaba uyushma a’zolarining huquqlari va vazifalari:

  • kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir. Kasaba uyushmasi Ustavini tan oluvchi va uning talablarini bajaruvchi, hamda a’zolik badallarini to‘lab boruvchi xodim va talaba Kasaba uyushma a’zosi bo‘la oladi;
  • mehnat munosabatlariga oid masalalar yuzasidan, mulk shakllridan qat’iy nazar davlat, sud va xo‘jalik organlarida Kasaba uyushmasining huquqiy yordamini olish va uning himoyasida bo‘lishi;
  • kasaba uyushmalari organlariga saylash va saylanishi;
  • kasaba uyushmalarining tadbirlarida ishtirok etish, o‘z fikrini erkin bayon qilish, o‘z faoliyatini va xulq-atvoriga taalluqli masala ko‘rib chiqilayotgan majlislar, yig‘ilishlar va konferensiyalarda shaxsan ishtirok etish;
  • yuqori Kasaba uyushmasi qo‘mitalariga murojat etish;
  • kasaba uyushmalari sihatgohlari, sanatoriyalar, sanatoriy-profilaktoriylari, dam olish bazalari, bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga davolanish va dam olish uchun imtiyozli tariflar bo‘yicha yo‘llanmalar olish.

Kasaba uyushma qo‘mitasi universitet ma’muriyati bilan kelishilgan holda quyida keltirilgan qarorlarni qarab chiqadi,  muhokama etadi va qabul qilishga rozi bo‘ladi:

  • Mehnat sharoitini, mehnat xavfsizligi va muhofazasini yaxshilash;
  • Universitet xodimlarining ish bilan band bo‘lishi hamda ular uchun ijtimoiy imtiyozlarning kafolatlanishi;
  • Ishchi-xodimlar hamda talabalarni rag‘batlantirish va mukofotlash;
  • Universitet vakolatlari  doirasida ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi boshqa muammolar bo‘yicha birgalikda kelishilgan qarorlar qabul qilish;
  • Universitet profilaktoriyasida davolanish uchun xodimlarga imtiyozli yo‘llanmalar berilishini ta’minlash;
  • Viloyatlardan kelib o‘qiyotgan talabalarga imtiyozli ovqatlanishlari uchun sharoitlar yaratish;
  • Professor - o‘qituvchi va ishchi - xodimlarga «Bo‘stonliq» sport-sog‘lomlashtirish lagerida dam olish uchun beriladigan imtiyozli yo‘llanmalar ajratish.