“Yosh grossmeysterlar” shaxmat musobaqasi o‘tkazildi

Joriy yilning 11-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida Jismoniy tarbiya katta o‘qituvchisi F.A.Boboqulov boshchiligida tashkil etilgan “Yosh grossmeysterlar” shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada “Kompyuter injiniringi” fakultetining I va II kurs talabalari o‘zaro bellashdilar.

– Biz bu musobaqasi orqali bo‘lajak xalqaro grossmeysterlarni aniqlashni,  ularni yanada qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilganmiz,  – deydi Jismoniy tarbiya katta o‘qituvchisi F.A.Boboqulov. 

– Shaxmat musobaqasi o‘ta qizg‘in va murosasiz kechdi.  Mazkur musobaqa sportning ommaviyligini oshirish,  sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida faoliyat olib bormoqda. 

TATU Samarqand filiali Matbuot xizmati