Kitobxon talaba tanlovi!

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdminstatsiyasining 2019 yil 7 noyabrdagi 25445-xx sonli topshiriq xatida belgilangan 2019-2020 oʼquv yilida oliy taʼlim muassalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʼlomlashtirish maqsadida “Maʼrifatli yoshlar-yurt koʼzgusi” shiori ostida turkum maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʼtkazish boʼyicha namunaviy “Yoʼl xaritasi”ning 24-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash oliy taʼlim muassalari talaba-yoshlari oʼrtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targʼib etish, kitobga boʼlgan qiziqishini yanada oshirish va ragʼbarlantirish, hamda, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining 2020 yil 13 martdagi“Oliy taʼlim muassasalari oʼrtasida “Kitobxon talaba” respublika tanlovini oʼtkazish toʼgʼrisida”gi 197-sonli buyrugʼi talablarini bajarishmaqsadida, 2020 yil 29 aprelda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida tanlov boʼlib oʼtdi.

Tanlov nizomiga koʼra tanlov ikki bosqichda oʼtkazildi.

Eng bilimdan kitobxon” sharti test shaklida oʼtkazilib, unda 50 ta savolga talaba javob berishi kerak, bu shartni koʼpgina tortishuvlardan keyin 3-bosqich talabasi Jovohir Berdiev egalladi.

Keyingi bosqich “Аnnatatsiya mahorati” sharti boʼlib, unda ishtirokchi talaba “Men yoqtirgan kitob” nomi ostida oʼzi sevib oʼqigan asar boʼyicha qisqacha maʼlumot berdi. Ushbu shart boʼyicha gʼolib deb, 4-bosqich talabasi Usmonova Yulduzga nasib qildi.

Bunday tadbirlarni oʼtkazilishi, nizomda koʼrsatilganidek, yoshlar oʼrtasida kitobxonlik targʼibotini yanada oshirish, isteʼdodli va iqtidorli talabalarni ragʼbarlantirish, kitob targʼiboti orqali yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy hamda ijodiy faolligi yanada oshiririshdan iboratdir.