Yangiliklar

TATU Samarqand filialida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

Sentyabr 06, 2021 / Ko'rildi 98

Bugun,  6 sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida yangi 2021/2022 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida  tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filial direktori Zaynidin Karshiyev so‘zga chiqib ochib berdi va barcha yig‘ilganlarni Mustaqilligimizning 30 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi.

So'ngra fakultet dekanlari ham so‘zga chiqib filialning yangi 2021/2022 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati,  yangi taʼlim shakllarida o‘quv jarayonlari tashkil etish rejalashtirilganligi hamda filialda o‘rnatilgan tartib qoidalar to‘g‘risida maʼruzalar qildi.

Tadbir so‘ngida barcha talabalar o‘quv xonalariga yo‘l olishdi va ularga filial professor-o‘qituvchilar tomonidan Mustaqillik darslari o‘tildi.