Yangiliklar

UMR SOʼQMOQLАRI!

Sentyabr 15, 2021 / Ko'rildi 27

 

Yoshgina Аmriddin maktab davrlaridayoq koʼproq bilim olishga qiziqar, xar xil toʼgaraklarda qatnashar, maktab devariy gazetasi muallifi hamda kerak boʼlsa kichik sinflarga dars oʼtish qobiliyatiga ham ega boʼlib, ustozliri tomonidan uyga berilgan vazifalarni sitqi dildan ortigʼi bilan bajarishga harakat qilar edi. 
Oʼrta maktabni oltin medal bilan imtiyozli bitirgach, 1958 yili oʼsha paytlarda Leningrad politexnika instituti (hozirgi Sank Peterburg texnika universiteti) radioinjenerlik yoʼnalishi boʼyicha talabasi boʼlib tahsil oldi.


1964 yili institutni muvaffaqiyatli tugatgach, Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasining yadro instituti, kichik ilmiy va aspirant vazifalarida faoliyat koʼrsatdi. Ikki yillik harbiy xizmatni tugatgach, Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasining yadro institutida ish faloiyatini davom ettirdi.
Ustozlarim, Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasining yadro institutida labaratoriya mudiri, fizika fanlari doktori professor Niyazova Ozoda Raximovna amaliy, yaʼni qattiq jismlar fizikasi tomondan, nazariy tomondan esa fizika fanlari doktori Oʼzbekiston Milliy universiteti professori Shariapov Shukur Sharipovich kabi ustozlar orqali shu darajaga yetganligimdan ular oldida bir umr taʼzimdaman
1974 yili “Yadro fizikasi sohasidan” Kiev yadroviy ilmiy tekshiruv institutida muvaffaqiyatli himoya qildi.
1975 yildan 2001 yilga qadar Samarqand davlat universitetida katta ilmiy xodimdan kafedra dotsentligi lavozimigacha boʼlgan mashaqqatli ilmiy yoʼlni bosib oʼtdi.
Shu yillar davomida А.Saloxitdinov va uning shogirdi А.X.Boboev va D.R.Umarova bilan S.I.Vavilov nomidagi Rossiya Davlat optik instituti labaratoriyalari bilan hamkorlikda kislorodli shishalarning radiatsion-optik xususiyatlari chuqur oʼrganilib, “Radiatsion ishlov berilgan shishalarning fizikasi va ximiyasi” nomli monografiyasi “Fan” nashryoti tomonidan chop etilgan.
Ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda ustoz Samarqand shahridagi akademik litsey va bir qator oʼrta umumtaʼlim maktablarida 2012 yilga qadar yoshlarga fizika fanidan bilim berdi.
2013 yili Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi ochildi. Shu kafedrada mana sakkiz yildian buyon talabalarga bilim berish bilan bir qatorda yosh ilmiy xodimlarga doktorlik dissertatsiyalarini rahbari boʼlib faodiya koʼrsatib kelmoqda.


2021 yildan buyon nafaqada boʼlsamda, deydi ustoz, biror kun ham ilmiy izlanishdan yoki yoshlarg oʼz bilimimni berishdan toʼxtaganim yoʼq.
Bugungi kunga qadar TАTU Samarqand filialida ustoz 30 yaqin bakalaver bitiruvchilarga va 10 yaqin magistrlarga ilmiy rahbarlik qilgan.
Bundan tashqari, “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasining yosh olimlaridan Hotam Mirzaqulov, Goʼzal Primova, Maʼruf Bolbekov, Jamshid Oʼrinovlarga texnika fanlari boʼyicha falsafa foktori ilmiy darajasini olishda dissertatsiya ishida ilmiy rahbar sifatida faoliyat koʼrsatib kelmoqda.
Ustozim Аmriddin Nuritdinovich, deydi biz bilan boʼlgan suhbatda “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi mudiri, texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori Hotam Mirzaqulov, avvalombor samimiy, xushchaqchaq, ajoyib inson. Texnika fanlari sohasida yetuk mutaxassis olim sifatida viloyat Oliy taʼlim muassasalarada oʼz oʼrni va ilmiy salohiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Meni Rossiya Texnologik universitetida doktorlik(PhD) ishi yuzasida stajirovkaga borib kelishimda, mana shu daraja va lavozimga yetishishimda ustozimning beminnat xizmatlari benihoyatda yuksakdir. Ustoz bilan hamkorlikda, Rossiya Texnologik universiteti professori Аleksey Nikolaevich Yurasov bilan birgalikla texnika va texnologiya universiteti hamda institutlari talabalari uchun “Elektromagnitizm” nomli oʼquv qoʼllanmasi ishlab chiqildi.


А.Saloxitdinovning ishlarini inobatga olgan Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasining yadro instituti, Samarqand davlat universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali rahbariyati tomonidan bir necha bor faxriy yorlik va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. 2018 yil “Yilning eng yaxshi tadqiqotchi-pedagog» nominatsiyasi boʼyicha tanlovda birinchi oʼrinnni egalladi va mukofotlandi. 
Uztoz oʼz faoliyati davomida 2 ta monografiya, 150 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika OАK tarkibiga kiruvchi va chet el nufuzli SCOPUS jurnalarida chop etilgan.
Аmriddin aka bugungi kunda 7 nabira va 8 evaraning sevikli bobosidir. 
 Turmush oʼrtogʼi Zulayxo opa Radjabova bir necha yillar davomida Samarqand davlar universiteti talabalar oshxonasi mudirasi sifatida faoliyat koʼrsatib, 55 yildan buyon Аmriddin akani ilmiy ishlarini olib borishda, xizmat safarlariga oila tashvishlarisiz borib kelishlarida beminnat xizmatlari, hamda moliyaviy qoʼllab quvvatlashlari bilan doimo hamnafas xizmat kilib keldilar.
Ustoz Аmriddin Nuritdinovich Saloxitdinovning sakson yillik umri davomida domimiy ravishda yosh avlodga taʼlim berishda hech qachon horimang deymiz.

Аbdugʼafur Hotamov


TАTU Samarqand filiali matbuot kotibi.