Yangiliklar

Yangiliklar

Dekabr 29, 2022 / Ko'rildi 1584

Joriy yilning 29-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktori Z.Karshiyev hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Axmedjanovlar  Malayziyaning Terrenganu universitet kutubxonasi, undagi talabalar, magistrlar, ilmiy izlanuvchi va tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.  
Ilmiy bo’limning tadqiqotchilarga jurnal va boshqa ilmiy nashrlardan foydalanishdagi yengilliklar yaratishda amalga oshiradigan ishlar bo'yicha tajriba almashinuv va o'rganishlar olib borildi.