Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!” deb nomlangan bayram tadbiri oʼtkazildi.

Tadbir avvalida filial “Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi” hamda filial “Yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti” tashabbusi bilan filial iqtidorli talabalari tomonidan filial xotin-qizlariga bahoriy guldastalar hadya etildi.

Bayram tadbirni filial direktori Abduvali Xaldjigitov kirish soʼzi bilan ochdi va filial xotin-qizlarini bayram bilan muborakbod etib jumladan quyidagilarni taʼkidladi.

Filialimizda mehnat qilayotgan xotin – qizlar orasida koʼplab xodimlar ilmiy darajaga egadirlar, buning isboti sifatida 2019 yil Dilfuza Yakubjanova, Dilafroʼz Xoʼjanova, Sarvara Isxakovalar oʼz mutaxassisliklari boʼyicha falsafa doktorligi (PhD) ilmiy daraja olishga muvoffaq boʼldilar, bundan biz benihoyatda xursandmiz. Oʼylaymizki kelajakda bunday intiluvchan hodimlar xotin-qizlarimiz orasidan koʼplab yetishib chiqadilar.

Tadbir davomida TATU Samarqand filiali xotin-qiz professor-oʼqituvchilari va ishchi xizmatchilariga bayram estalik sovgʼalari topshirildi.

Tadbirda filial “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi katta oʼqituvchisi Zulfiya Roʼzieva oʼzining ayollarga bagʼishlangan sheʼriy chiqishlari bilan barcha bayram ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdi.

Ilmiy unvonga ega boʼlgan professor-oʼqituvchilar ham tadbirni uyushtirgan filial rahbariyatiga oʼz minnaddorchiliklarini bildirdilar.

Bayram dasturni yuqori saviyada oʼtishiga filial Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi, filial Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi, Xotin-qizlar qoʼmitasi hamda filial “Yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti” faollari oʼz xissalarini qoʼshdilar.

 

TАTU Samarqand filiali

Matbuot xizmati