E’lon

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomga asosan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʼyicha oʼqishga kirish uchun abiturientlar 2022 yilning 10 iyulidan 10 avgustiga (shu kuni ham) qadar Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali roʼyxatdan oʼtkazilishini maʼlum qilamiz.

Аbiturientlar roʼyxatdan oʼtishda maxsus elektron tizim (https://ikkinchitalim.edu.uz/)ga oʼzining shaxsiy maʼlumotlarini kiritadi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

  1. oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan koʼchirma — Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida oʼqib tugatganlar uchun);
  2. oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi hujjatning ilova nusxasi.

Bunda, xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan oʼtkazilgan boʼlishi lozim.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida ikkinchi va undan keyingi taʼlim boʼyicha qabul sinovlari abiturientning bakalavriat diplom bali oʼrtacha koʼrsatkichi asosida “suhbat” shaklida amalga oshiriladi.

     Suhbat oʼtkazish muddati abiturientlarni roʼyxatdan oʼtkazish jarayoni tugagandan soʼng eʼlon qilinadi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʼyicha qabul kvotasi institutga 2021/2022 oʼquv yili boʼyicha taʼlim yoʼnalishlari kesimida kunduzgi va sirtqi taʼlim shakli uchun oʼrnatilgan qabul kvotalaridan oshmagan holda belgilanadi.