Filialda davra suhbati!

Joriy yilning 10 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 710-son qarori, O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi «Rasmiy statistika to‘g‘risida»gi O‘RQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati hamda «Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida» davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni TATU Samarqand filiali direktori Z.Karshiyev ochib berib, yig‘ilganlarga ushbu tadbirning maqsadi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i F.Shukurov aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni o‘tkazish nima uchun zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib, respublikamizda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish belgilanganligi, hozirgi kunda ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berdi.

Shu bilan bir qatorda ta’kidlandiki; 2023 yil 1-5 noyabr kunlari internet tarmog‘i orqali, 11-22 noyabr kunlari esa xonadonlarga tashrif buyurgan holda so‘rov o‘tkazish orqali aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olish jarayonlariga xodimlar o‘z xohishlariga ko‘ra vaqtincha jalb qilinib, ular tomonidan uyma-uy yurgan holda aholidan so‘rov o‘tkazish orqali savolnomalar to‘ldiriladi. Mazkur tadbirda aholining faol ishtirok etishi muhimligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, ro‘yxatga olish davrida o‘z xondoniga kiritishni istamaganlar o‘z hududida tashkil etiladigan instruktorlik uchastkalarida faoliyat yurituvchi stasionar ro‘yxatga oluvchilarga murojaat qilgan holda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.