Xujjatlar ro'yxati
Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
- ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
- o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
- fuqarolik pasporti asli ko'rsatiladi, nusxasi beriladi;
- 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat;
- papka (скоросшиватель) 2 dona, konvert 2 dona;
- harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi xujjat asli ko'rsatiladi, nusxasi beriladi;
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 15 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.