Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali professor-o‘qituvchilaridan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga doktorantura (PhD) va stajirovkaga ketganlar ro‘yxati
Doktorantura:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan mustahkam aloqa o’rnatgan bo‘lib, ko‘plab professor-o‘qituvchilarimiz xorijiy universitetlar va ilmiy tashkilotlarda nomzodlik dissertatsiyalarini va falsafa doktori dissertatsiyalarini himoya qilganlar. Quyidagi ro‘yxatda 2021-yilning dekabri holatiga xorijiy universitetlar va institutlarda dissertatsiyalarini himoya qilgan professor-o‘qituvchilar ro‘yxati keltirilgan:
-“Tabiiy fanlar” kafedrasi professori B. Eshpo‘latov Voronej davlat universitetida 1995-yilda fan doktori dissertatsiyasi;
- “Axborot xavfsizligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh. V. Egamov 1979-yilda fan nomzodi dissertatsiyasi;
- “Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi dotsenti S. M. Musinov Moskva davlat pedagogika institutida 1980-yilda fan nomzodi dissertatsiyasi;
- “Tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti B. Tursunkulov Odessa davlat universitetida 1983-yilda fan nomzodi dissertatsiyasi;
-“Telekommunikatsiya texnologiylari va kasb ta’limi” fakulteti dekani dots. U. X. Narzullayev 1983-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetida fan nomzodi dissertatsiyasi;
- “Kompyuter tizimlari” kafedrasi dotsenti A. Abdukarimov Novosibrsk davlat universitetida 1984-yilda fan nomzodi dissertatsiyasi;
-“Axborot xavfsizligi” kafedrasi mudiri N. R. Zaynalov 1990-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetida Sankt-Peterburg davlat universitetida fan nomzodi dissertatsiyasi;
- “Dasturiy injiniring” kafedrasi professori A. B. Qarshiyev Ukraina fanlar akademiyasining mexanika institutida 1990-yilda fan nomzodi dissertatsiyasi;
- “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti A. I. Aliqulov 1990-yilda G. V. Plexanov nomidagi Moskva xalq xo‘jaligi institutida fan nomzodi dissertatsiyasi;
-“Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Z. M. Maxmudov 1991-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetida fan nomzodi dissertatsiyasi;
-“Tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Sh. A. Asrorov 1992-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetida fan nomzodi dissertatsiyasi;
- “Tabiiy fanlar” kafedrasi professori M. U. Yaxshiboyev Rostov davlat universitetida 1992-yilda fan nomzodi dissertatsiyasi;
- “Tabiiy fanlar” kafedrasi professori R. Sh. Indiaminov Taras Shevchenko nomidagi Kiyev universitetida 1993-yilda fan nomzodi dissertatsiyasi;
- “Kompyuter tizimlari” kafedrasi mudiri Q. A. Bekmurodov V. M. Glushkova nomidagi kibernetika institutida 1992-yilda fan nomzodi dissertatsiyasi;
-“Tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi G. Kuliyeva Gʻarbiy Bogemiya universitetida 2007-yilda falsafa doktori dissertastiyasi;
- Filial direktori Z. A. Karshiyev Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetida 2013-yilda fan nomzodi dissertastiyasi;
- Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O. R. Yalg‘ashev Belfor-Monbeliard texnologiya universitetida 2015-yilda falsafa doktori dissertatsiyasi.
Shuningdek, 2021-yilda “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Buriboyev Janubiy Koreyaning Konkuk universitetida falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilib, 2022-yilda ishga qaytishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, hozirda filialning quyidagi professor-o‘qituvchilari Janubiy Koreya universitetlari doktoranturalarida tahsil olmoqdalar:
- Dasturiy injiniring kafedrasi assistentlari S. Nuriev, Z. Naxalov, Sh. Xudoyorov, D. Raxmonov Janubiy Koreyaning Sejong universiteti;
- Axborot ta’lim texnologiyalari kafedrasi assistentlari A. Doniyorov, N. Saydrasulov Kongju Milliy universiteti;
- Axborot ta’lim texnologiyalari kafedrasi assistenti A. Jo‘raev Janubiy Koreyaning Kongwon milliy universiteti.
Stajirovka o‘tash:
Filial professor-o‘qituvchilari xorijning nufuzli universitet va ilmiy tashkilotlarida stajirovka o‘taganlar. Ularning ro‘yxati quyida keltirilgan:
- “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchilari T. Soqiev va A. Buriboyev, 2014-yilda Janubiy Koreyaning Kongju milliy universiteti (Kongju National University)
- “Dasturiy injiniring” kafedrasi assistenti U. G‘iyosov 2014 yilda Hindistonning “Centre for Development of Advanced Computing” innovatsion parki;
- Dasturiy injiniring kafedrasi assistentlari S. Nuriev va D. Turimov 2015-yilda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti;
- “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi I. Xujoyorov 2015-yilda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti;
- Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O. R. Yalg‘ashev 2017-yilda Janubiy Koreyaning Chung-ang universiteti;
- Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri H. B. Mirzoqulov 2018-yilda Rossiya Federatsiyasining Rossiya texnologiya universiteti;
Malaka oshirish:
“Tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Kurbaniyazov 2021-yilning sentabrida Belarus respublikasining Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida malaka oshirdi.