Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga “Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim” olish uchun test qabul sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Taʼlim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;
- Oliy (oʼrta maxsus, kasb-hunar) maʼlumot toʼgʼrisida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari oʼrnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan oʼtkazilgan boʼlishi lozim);
- Diplom va ilovasi nusxasi, 2 donadan;
- 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
- Pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi, 2 tadan.