Yosh olimlar maktabi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali qoshidagi “Yosh olimlar kengashi”
NIZOMI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali (TATU SF) qoshidagi “Yosh olimlar kengashi” filial professorlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yirik korxona va tashkilotlarining rahbariyati, tajribali mutaxassislari va yosh olimlarning jamoat tashkiloti bo‘lib, ilmiy-tadqiqot va ijod bilan shug‘ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo‘naltirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish xamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlar kasbiy va ijtimoiy-maishiy miqyosdagi ilmiy ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, filialda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish orqali ta’lim sifatini oshirish va shu tarzda ilmiy kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda yosh olimlar ijodiy yutuqlarini targ‘ib qilishda ko‘maklashish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
1.2. TATU SF koshidagi “Yosh olimlar kengashi” (keyingi o‘rinlarda - Kengash) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yirik korxona va tashkilotlarining rahbariyati, tajribali mutaxassislar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrant talabalardan iborat tarkibda shakllangan (keyinchalik - yosh olimlar) jamoat tashkiloti hisoblanadi.
1.3. Kengash barcha imkoniyatlarini kullagan holda yosh olimlar ijodiy faolligini rivojlanishiga, ularning mutaxassisliklari bo‘yicha kamol topishiga, mamlakatning ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishidagi muhim ilmiy va amaliy muammolarning ilmiy jihatdan echimini topishga ko‘maklashadi, yosh tadqiqotchilarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga, uz salohiyat va imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishlariga yordamlashadi va sharoit yaratadi.
1.4. Kengash faoliyati yosh olimlar jamoat tashkilotining asosiy yo‘nalishlari va faoliyat shaklini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Kontitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (OO‘MTV) va O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (O‘zR AT va KRV) buyruqlari, qarorlari va ko‘rsatmalari hamda mazkur Nizomga asosan olib boriladi.
II. KENGASHNING MAQSADI VA VAZIFALARI
2.1 Kengashning asosiy maqsadi - oliy ta’lim tizimida yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo‘naltirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish hamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlar kasbiy va ijtimoiy-maishiy miqyosdagi ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini izchil rivojlantirish asosida ilmiy tadqiqotlar bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yirik korxona va tashkilotlarining rahbariyati, tajribali mutaxassislari tomonidan ularning mutaxassisliklari va ijtimoiy sohalarga oid qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash - shu tarzda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.
2.2. YOsh olimlar faoliyati orqali ilm-fanning ustuvor yunalishlar buyicha ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish va olib borishda ustoz-shogird tizimini shakllantirish.
2.3. Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalari hamda boshqa ilmiy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, yosh olimlarning ijodiy faolligini kuchaytirish, ilmiy anjumanlar, seminarlar o‘tkazishga ko‘maklashish.
2.4. Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etish uchun yosh olimlarning ilmiy safarlarini rejalashtirish va xar tomonlama yordam ko‘rsatish.
2.5. Yosh olimlarning etakchi ilmiy markazlar va OTMlardagi xorijiy xamkasblari bilan o‘rnatilgan tartibda faol xalqaro hamkorligini tashkil etish, xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markaz va muassasalari bilan ilmiy xamkorlik aloqalarini o‘rnatish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, anjumanlar, seminarlar va boshqa ilmiy tadbirlarda ishtirok etishga, xorijiy mamlakatlarning ilmiy jurnallarida maqolalar e’lon qilishga ko‘maklashish.
2.6. O‘z faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan yosh olimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish.
2.7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yirik korxona va tashkilotlaridagi moddiy texnik bazasida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga amaliy yordam ko‘rsatish.
2.8. Yosh olimlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi grant ajratuvchi tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish va ular xaqida yosh izlanuvchilarni xabardor qilish.
III. KENGASHNING BOSHSARUV ORGANLARI VA ULARNING
VAKOLATLARI
3.1. Kengashning tarkibi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yirik korxona va tashkilotlarining rahbariyati, tajribali mutaxassislari hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar, magistrant talabalardan iborat bulib, Universitet rektori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
3.2. Kengash raisi va kotibi oliy ta’lim muassasalaridagi yosh olimlardan iborat a’zolardan, jamoatchilik asosida Kengashi yig‘ilishida 2 yilgacha muddatga saylanadi.
3.3. Kengash xar oyda bir marta yig‘iladi.
3.4. Kengash raisi:
3.5. Kengashning rasmiy vakili hisoblanadi, o‘zining vakolati doirasida Kengashning barcha ishlarini tashkil etadi va boshqaradi, kengashning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiradi, Kengash faoliyatiga taalluqli xujjatlarga imzo chekadi;
3.6. Kengash nomidan oliy ta’lim muassasalari yosh olimlari talab va istaklarini himoya qiladi;
3.7. Kengash raisi yilda bir marta qilingan ishlar yuzasidan kengash yig‘ilishida hisobot beradi;
3.8. Belgilangan maqsad va vazifalari, ish rejasining amalga oshirilishi - umumiy faoliyati yuzasidan xar yarim yilda filial Ilmiy Kengashi yig‘ilishida hisobot beradi.
3.9. Yillik hisobot natijasiga asosan Kengash uning vakolatini to‘xtatish va yangi rais saylash xuquqiga ega.
3.10. Rais vakolatini to‘xtatish yoki davom ettirish to‘g‘risidagi qaror yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, agarda a’zolarning kamida uchdan bir qismi faoliyatni to‘xtatish taklifi bilan chiqib, a’zolarning kamida uchdan ikki qismi yoklab ovoz bergan hollarda.
3.11. Kengash raisi xizmat safari, betobligi, ta’tilda bo‘lgan vaqtda uning vazifasini Kengash raisi o‘rinbosari bajaradi.
3.12. Kengash raisi va kotibi Universitet tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.
IV. KENGASH FAOLIYATI
-
- Kengash o‘zining faoliyatida:
joriy yil uchun o‘zining rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni tinglaydi. Kengash tadbirlari, ilmiy anjumanlari, seminarlari rejalarini tasdiqlaydi, tadbirlarga tayyorgarlik va o‘tkazish jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarni tinglaydi.
-Yosh olimlarni muntazam ravishda universitet professorlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yirik korxona va tashkilotlarining rahbariyati, tajribali mutaxassislarini ma’ruzalarini reja asosida tashkillashtiradi.
- Universitet Yosh olimlar kengashi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Yosh olimlarni FTRMDK, O‘zR AT va KRV, OO‘MTV va universitetdagi “YAngi goya, investitsiya, innovatsiya” Fondi tashkil etgan tanlovlarga yoshlarni jalb etadi va taqdim etilayotgan loyihalarni muhokama etadi.
- O‘zR OO‘TVga, O‘zR AT va KRV hamda Filial rahbariyatiga yosh olimlarni yo‘nalishlar bo‘yicha xorijga ilmiy tajriba va malaka oshirishga, xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishga yuborish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
- Kengash yig‘ilishlarida xorijiy ilmiy-markazlar va muassasalarda malaka oshirgan yosh mutaxassislarning axborotini tinglaydi.
- Filial yosh olimlarining yutuqlari va erishayotgan natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommalashtiradi.
- kengash tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish buyicha takliflarni ko‘rib chiqadi va muhokama etadi.
4.2. TATU Ilmiy Kengashiga kuyidagi masalalar buyicha:
- ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustakil izlanuvchilar va boshqa yosh olimlarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida;
- universitet akademiklari, ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini talab darajasida olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida;
- o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan va dissertatsiyasini himoya qilgan yosh olimlarni ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalasiga takliflar kiritadi.
V. KENGASH A’ZOLARINING XUQUQ VA MAJBURIYATLARI
-
- Kengash a’zosi xuquqlari:
- Kengash a’zolari teng xuquq va majburiyatga egadirlar va ushbu xuquq va majburiyatlardan teng xuquqlilik asosida foydalanadilar.
- Kengash yig‘ilishida qatnashish, Kengash faoliyatiga oid asoslangan takliflarni universitet ilmiy-texnik kengashiga kiritish.
5.2. Kengash a’zosining majburiyati:
- Kengash faoliyatiga tegishli qaror, majburiyat va topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish;
- Ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olgan Kengash faoliyatiga taalluqli bo‘lgan topshiriq va majburiyatlarni vijdonan, faol va ijodiy bajarish.
VI. KENGASH MAJBURIYATLARI
6.1. Ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar, magistrant talabalar va yosh olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va rejalashtirishda ko‘maklashish, ularga ilmiy-tadqiqotni muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun tegishli sharoit yaratishda yordam ko‘rsatish, ularning manfaatlarini vakolat doirasida himoya qilish.
6.2. TATU SF rahbariyatini ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchilar yosh olimlar va mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi muammolari to‘g‘risida uz vaktida xabardor qilish hamda ushbu muammoning echimi to‘g‘risida rahbariyatga takliflar kiritish.
VII. KENGASHNING ISH TARTIBI VA XUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH
7.1. Kengash o‘z ishini Kengash yig‘ilishida qabul kilingan va Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga binoan amalga oshiradi.
7.2. Kengashning majlislari, yig‘ilishlari va boshqa tadbirlari Kengash raisi va kotibi tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
7.3. Kengash xujjatlarini rasmiylashtirishni Kengash kotibi amalga oshiradi.
7.4. Qabul kilingan karorlar bajarilishining nazorati Kengash raisi tomonidan amalga oshiriladi.
VIII. KENGASH NIZOMIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TARTIBI
Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Kengash tomonidan kiritiladi va Kengash a’zolarining 2/3 qismi ishtirok etgan umumiy yig‘ilishda ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Umumiy yig‘ilishda qatnashayotgan Kengash a’zolarining 2/3 qismi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni yoqlab ovoz berganda Nizomga o‘zgartirish qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
IX. YAKUNIY QOIDALAR
Kengash faoliyatining qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi filial diretori buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi.
Ilova
TATU SF Ilmiy kengashi tarkibi
№ |
O‘qituvchilar ismi va familyasi |
Tug‘ilgan yili |
Ish joyi va lavozimi |
Ilmiy darajasi |
1 |
Kulieva Gulchexra Taxirovna |
1976 |
Tabiiy fanlar kafedrasi, assisent |
f.m-f.n. |
2 |
Qarshiev Zayniddin Abduvalievich |
1985 |
Kompyuter tizimlari kafedrasi, katta o‘qituvchi |
t.f.n. |
3 |
Fozilov Davron SHokirovich |
1987 |
Tabiiy fanlar kafedrasi, assisent |
|
4 |
Bekmuratov Dilshod Qosimovich |
1987 |
Kompyuter tizimlari kafedrasi, katta o‘qituvchi |
|
5 |
Gostev Nikolay Valerevich |
1988 |
Kompyuter tizimlari kafedrasi, assisent |
|
6 |
Do‘sanov Xurshid Toshpo‘latovich |
1989 |
Kompyuter tizimlari kafedrasi, assisent |
|
7 |
Sattorov Mirzabek Abdazimovich |
1991 |
Kompyuter tizimlari kafedrasi, assisent |
|
8 |
Sobirov Ro‘zimboy Atabekovich |
1992 |
Kompyuter tizimlari kafedrasi, assisent |
|
9 |
Karimov Marat Maxmarajabovich |
1987 |
Dasturiy injiniringi kafedrasi, katta o‘qituvchi |
|
10 |
Turimov Dilmurod Mustapoevich |
1986 |
Dasturiy injiniringi kafedrasi, katta o‘qituvchi |
|
11 |
Iskandarova Feruza Nurmamatovna |
1988 |
Dasturiy injiniringi kafedrasi, assisent |
|
12 |
Maxkamova Dilbar Abilkasim qizi |
1991 |
Dasturiy injiniringi kafedrasi, assisent |
|
13 |
Shamsutdinova Nodira SHarafitdinovna |
1986 |
Dasturiy injiniringi kafedrasi, assisent |
|
14 |
Axmedjanova Zarina Iskandarovna |
1992 |
Axborot ta’lim tizimlar kafedrasi, assisent |
|
15 |
Shodmonov Javoxir Abduxamid o‘g‘li |
1992 |
Axborot ta’lim tizimlar kafedrasi, assisent |
|
16 |
Shodmonov Davron Abduvalievich |
1988 |
Axborot ta’lim tizimlar kafedrasi, assisent |
|
17 |
Jiyanov Oybek Pardabaevich |
1987 |
Axborot ta’lim tizimlar kafedrasi, assisent |
|
18 |
Ibrohimova Zulayxo Ergash qizi |
1990 |
Axborot texnologiyalari kafedrasi, assisent |
|
19 |
Xolmatov Orzimurod Abjalolovich |
1990 |
Axborot texnologiyalari kafedrasi, assisent |
|
20 |
Azimov O‘ktam Ibodullaevich |
1983 |
Tabiiy fanlar kafedrasi, assisent |
|
21 |
Kilichev Jasur Ruzikulovich |
1988 |
Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi, assisenti |
|
22 |
Mirzoqulov Xotam Baxtiyor o‘g‘li |
1988 |
Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi, assisenti |
|
23 |
Ibatova Amira SHavkatovna |
1986 |
Tillar kafedrasi, assesenti |
|
24 |
Nasrullaeva Nasiba Sadullaevna |
1986 |
Tillar kafedrasi, assesenti |
|
25 |
Qurbaniyazov Anvar Saparbaevich |
1985 |
Tabiiy fanlar kafedrasi, assisent |
|
26 |
Usmonov Farrux Nasriddinovich |
1984 |
Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi, dotsent |
f.f.n (PhD) |
27 |
Muhamadiev Husan Hamroqulovich |
1985 |
Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi, assisenti |
|