“Yosh grossmeysterlar” shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida Jismoniy tarbiya katta o‘qituvchisi F.A.Boboqulov boshchiligida tashkil etilgan “Yosh grossmeysterlar” shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada “Kompyuter injiniringi” fakultetining I va II kurs talabalari o‘zaro bellashdilar.
– Biz bu musobaqasi orqali bo‘lajak xalqaro grossmeysterlarni aniqlashni, ularni yanada qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilganmiz, – deydi Jismoniy tarbiya katta o‘qituvchisi F.A.Boboqulov.
– Shaxmat musobaqasi o‘ta qizg‘in va murosasiz kechdi. Mazkur musobaqa sportning ommaviyligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida faoliyat olib bormoqda.
TATU Samarqand filiali Matbuot xizmati