SUHBAT JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH

Ikkinchi va undan keyingi taʼlim bo‘yicha talabgor abiturientlar uchun har bir yo‘nalish kesimida tasdiqlangan qabul kvotasiga muvofiq tanlov amalga oshiriladi. Bunda tanlov ikkita bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda qabul sinovlari “suhbat” shaklida 100 ballik tizim asosida o’tkaziladi. Bunda talabgor maksimal balning 60 foizi, yaʼni 60 ball olsa suhbatdan muvaffaqiyatli o’tgan hisoblanadi, Ikkinchi bosqichda suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o’rtasida tanlov birinchi oliy ta’lim bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko’rsatkichi ballar ketma ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
  Bunda,
  - suhbat sinovlarida har bir variant 4 ta savoldan iborat bo‘lib, ushbu varitantdagi har bir savolga berilgan to‘gʼri javob maksimal 25 ball bilan baholanadi va suhbat sinovi yakuni bo‘yicha jami (maksimal) ball 100 balni tashkil etadi.
  - abiturient qabul sinovlarini tanlagan taʼlim tilida topshirishi mumkin. Qabul sinovlarini “suhbat” shaklida o‘tkazishga jami 30 daqiqa vaqt ajratiladi. Qabul sinovlari paytida abiturientning auditoriyadan chiqishi taʼqiqlanadi. Аuditoriyadan chiqqan abiturient qaytadan qabul sinovlariga qo‘yilmaydi;
Qabul sinovlari davomida abiturientlarning bir-birlari bilan gaplashishi, javoblarni bir-biriga ko‘rsatishi, lugʼat, jadval, kitoblardan, uyali telefon aloqa vositalari va shpargalkalardan foydalanishi, qabul sinovlari hujjatlaridan nusxa ko‘chirishi va boshqalarga ko‘maklashishi taʼqiqlanadi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan abiturient qabul sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, sinovdan chetlashtiriladi.
Qabul sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagach, guruh nazoratchisi bu haqda eʼlon qiladi. Аbiturientlar tartib bilan ro‘yxatidagi o‘z familiyalari to‘gʼrisiga qabul sinovlari materiallarini topshirgan vaqtini yozib, imzo qo‘yadilar va auditoriyadan chiqadi.
Qabul sinovlari boshlanishidan oldin qabul sinovlari o‘tkaziladigan bino, guruhning tartib raqami va boshqa kerakli maʼlumotlarni bilib oladi. Аbiturient qabul sinovlari o‘tkaziladigan kuni auditoriyaga kirishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatadi. Qabul sinovlariga lugʼat, jadval, kitob, uyali telefon aloqa vositalari va “shpargalka”larni olib kirish taʼqiqlanadi. Qabul sinovlari boshlangandan so‘ng abiturient auditoriyaga kiritilmaydi. Belgilangan vaqtda qabul sinovlariga kelmagan abiturientlar uchun qo‘shimcha qabul sinovlari o‘tkazilmaydi.

Suhbat jarayonida bitiruvchilarning har biriga quyidagi mavzular bo‘yicha bittadan jami to‘rtta savol beriladi:
-  mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish;
-  bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish);
-  shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari);
-  tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi.