Xotin-qizlar maslahat kengashi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filial Xotin-qizlar Maslahat kengashining raisi Nazokat Abdullayeva  tomonidan hozirgi kunda filial xotin qizlari uchun  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning   2021 yilning 5 martdagi 5020-sonli “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati va undan kelib chiquvchi vazifalarga asoslanib, “Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish”  bo’yicha filialda ko’plab  xotin qizlar bilan hamkorlikda maslahat Kengashi yoshlar bilan ko’plab o’quv semenar treniglar xotin qizlar bilan birgalikda Gender tenglikni ta’minlab, barcha ayol va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida ko’plab ishlar olib borilmoqda shu jumladan: “Muqaddas islom dinida, xotin - qizlarga munosabat” va “Qizlar odobi bilan go‘zal" mavzusida Samarqand viloyati bosh Imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Temirova, Samarqand shahar ayollar targ‘ibot guruhi rahbari D.Xusanova, filial o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Yakubjanova,  bilan hamkorlikda  ayol professor-o‘qituvchilar va bo‘lim boshliqlar hamda talaba-qizlar uchun targ‘ibot tadbiri tashkillashtirilib kelinmoqda.

Nazokat Abdullayeva  tomonidan deyarli har oyda 3-4 marotaba talaba qizlar uchun filial psixologi Saodat Berdibekova bilan hamkorlikda ko’plab ishlar olib borilmoqdalar shular jumlasidan  “Ayolning oila va jamoadagi o‘rni” , “Xotin qizlarning odab ahloqi” “Xotin qizlarning kiyinish madaniyati” mavzularida semenar teninglarni doimiy tashkillashtirib kelmoqdalar. Nazokat Abdullayeva  filialda talaba xotin qizlar uchun tez tez turli xil tanlovlar va tadbirlar tashkillashtirib kelmoqda.

Nazokat Abdullayeva  tomonidan filial xotin qizlari uchun “Qizlarjon” klubi tashkillashtirilgan bo’lib Qizlarjon klubida filialdagi talaba xotin qizlar uchun ko’plab to’garaklar ish valiyai olib borilmoqda shuni takidlash joyizki  Universitetimizning barcha qizlari One million Uzbekcoders loyihasi doirasidagi tashkil etilgan kurslar bo‘yicha o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘qib, nanodegreye uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan. «Yosh kitobxon qiz» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.  Bu tanlovda Qizlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, kitob o’qish madaniyati va axamiyati tushuntirilishi maqsad qilingan ushbu ko‘rik tanlovda Telekomunikatsion texnologiyalar va kasb ta’limi fakulteti ikkinchi bosqich talabasi Y. Usmonova birinchi urinni egalladi.
«Sog‘lom kelajakka bugundan kadam tashla!» shiori ostida salomatlik va sport xaftaliklari ham tez tez tashkil etilib kelmoqda.

Talabalar turar joyida qizlar o‘rtasida “Mohir qo‘llar” (applikatsiyalar, to‘quvchilik) to‘garagi a’zolarining bajargan ishlari bo’yicha ko’rgazmalar tashkil etildi va e’tiborga loyiq ishlar filial Xotin qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan Maqtov yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Abdullayeva Sitora applikatsiyalari bilan, Ergasheva Ozoda, Saloxiy Siddika, Abduraxmonova Shaxnozalar tukuvchilik na’munalari bilan ishtirokchilar orasida eng yuqori ballarga ega bo‘lishdi.

TATU Samarqand filialida dasturchi talaba qizlar o‘rtasida “Coder Girls” musobaqasi o‘tkazildi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida oliy ta’lim muassasalarining talaba qizlari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha “Coder Girls” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

“Dasturchi qiz” to‘garagi a’zolari  Filial boshlang‘ich tashkiloti tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Eng yaxshi dasturiy vosita”, “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi ijodiy ishlanmalar” nominatsiyalari bo‘yicha tashkil etilgan tanlovda TATU Samarqand filiali ham Mazkur konferensiyada barcha iqtidorli qizlar o‘z ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi. Kuni kecha “Qizlarjon” kulubida tashkil etilgan telegram guruhida online tarzda  ham “Gender tengligi nima” mavzusida insholar  korik tanlovi tashkil etildi. Bu tanlovda qaryib 50 nafarga yaqin talaba qizlar  o’zlari yozgan insholari bilan ishtirok etdilar.Zoom platformasi orqali Taqirlash marosimi bo’ib o’tdi. Tanlovda 1- o’rin Rahmatova Kumushoy 2-o’rin Nosirova Amira 3-o’rin Elmurodova Tojinur  g’oliblikni qolga kiritishdi. Tanlov g’oliblari filial tomonidan  diplom bilan taqdirlanishdi.  Barqaror taraqqiyot maqsadlari hozirgi kungacha erishilgan yutuqlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, butun jahonda ayol va qizlarga qarshi kamsitishlarni butunlay yo‘q qilishni ko‘zda tutadi. Hozirgi kunda ba’zi hududlarda sezilarli darajadagi gender tengsizlik saqlanib qolmoqda, xususan bunday tengsizlik haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini egallash hamda mehnat bozorida yaqqol kuzatilmoqda. Jinsiy zo‘ravonlik xavfi, bepul parvarishlanish imkoniyatining cheklanganligi va uy-ro‘zg‘or tashvishlari hamda davlat boshqaruvi sohalarida mavjud bo‘lgan kamsitishlar xotin-qizlarning rivojlanishi yo‘lida hanuz katta to‘siqlarni tug‘dirib kelmoqda. Har bir inson jinsiy va reproduktiv salomatligini yaxshilash bo‘yicha xizmatlardan foydalanish

imkoniyatining ta’minlanishi, qolaversa barcha ayollar yer resurslari va mulk kabi iqtisodiy ne’matlardan erkaklar bilan teng ravishda foydalanish huquqi va imkoniyatini ta’minlash mazkur maqsadga erishishning eng asosiy shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Hozirda boshqaruv lavozimlarni egallayotgan ayollar soni ilgarigiga nisbatan ancha ko‘p, biroq davlat siyosati va qonunchiligida gender tengligi konsepsiyasi o‘z aksini toptirish uchun dunyoning barcha hududlarida yetakchi ayollarni, ularning faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashimiz zarurdir.

Xotin qizlar maslahat kengashi raisi Abdullayeva Nazokat va filial   psixologi Berdibekova Saodat birinchi kurs talaba qizlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Qizlarga Qizlarjon klubi va klub qoshida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Talaba qizlarni yangi sharoitga adaptasiya jarayoni, kiyinish madaniyati va iqtidorli talaba qizlarni saralab olish, shuningdek oilaviy sharoiti og‘ir talaba qizlarni aniqlash bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

Xotin qizlarni taziq va zo‘ravonlikdan himoya qilish mavzusida profilaktik tadbir