400 o’rinli talabalar turar joyi talabalar uchun foydalanishga topshirildi
Mart 10, 2023 / Ko'rildi 1452
Bugungi kunda ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro doirada yurtimiz yoshlarining munosib o‘rnini belgilash, shuningdek, ta’limning barcha bosqichlarini tizimli yo‘lga qo‘yish borasida yurtboshimiz tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida ham davlat- xususiy sheriklik asosida talabalar
turar joyi binosi «GULOM XUSEN BUILDING» mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda qurilish ishlari yakunlanib talabalar uchun foydalanishga topshirildi.
400 o‘ringa moslashtirilgan mazkur talabalar turar joyining Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Karimov Rustam Olimjonovich, TATU rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich,
TATU prorektori To‘rayev Shavkat Shuxratovich ishtirokida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.