Yakuniy imtihonlarni shaffof o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan.
Fevral 03, 2023 / Ko'rildi 2311
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali kunduzgi taʼlim shaklida tahsil oluvchi talabalar uchun yakuniy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.
Yakuniy imtihonlarni shaffof o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan.
🇺🇿Joriy yilning 2-fevral kuni ishchi guruh a’zolari Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari F.Usmonov, Direktor maslaxatchisi N.Isomov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans-nazorat bo‘limi boshlig‘i O‘.Qodirov hamda jamoatchilik nazorati tomonidan kun davomida bo‘lib o‘tayorgan test va yozma imtihonlar o‘rganilib, imtihonlarning haqqoniylik va ochiqlik tamoyiliga amal qilingan holda o'tayotganligi, baholash jarayonlarida korrupsion holatlarga yo‘l qo'ymaslik borasida doimiy nazoratga olib borildi. Yakuniy imtihon javoblaridan qoniqish hosil qilmagan talabalar uchun Appelyatsiya komissiyasi hamda @tatustf_anti_corr_bot antikorrupsiya botining doimiy faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati