Yangiliklar

Diqqat e'lon!  

Mart 23, 2023 / Ko'rildi 1216

Talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida filial Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan "Iste'dodingni ko'rsat" ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishi e’lon qilinadi.

🔰Ko‘rik-tanlov 2023-yilning 29-mart kuni soat 11.00 da "Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta'limi"  fakulteti va 30-mart kuni soat 11.00 da "Kompyuter injiniringi" fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida o‘tkaziladi.

🍱Ko‘rik-tanlov davomida qizlar ilmiy sohadagi bilim va malakalari, badiiy adabiyot mutolaasi, o‘z qiziqishlari va ijodkorlik mahoratlari bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.

🎁"Iste'dodingni ko'rsat"  ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ma'muriyat tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

🏛TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati