E'lonlar

Stipendiya tanlovi

Yanvar 29, 2022 / Ko'rildi 744

Malayziyaning Al-Buxoriy xalqaro universiteti tomonidan o‘rta maxsus va oliy ta’lim dasturlarida tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilindi.

Ma'lumotga ko'ra, o'qish 2022-yil oktabr oyidan boshlanadi va ushbu stipendiya kam ta’minlangan oilalarning iqtidorli farzandlari hamda iqtidorli yoshlarga taqdim etiladi. Nomzodlar hujjat topshirish vaqtida 18-22 yosh oralig‘ida, uylanmagan (turmushga chiqmagan) bo‘lishi kerak. Ular litsey bitiruvchilari yoki OTMning yosh xodimlari orasidan tavsiya etilishi mumkin.

Mazkur stipendiya ta’lim, yashash va ovqatlanish kabi xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Qolgan xarajatlar, ya’ni aviachipta (borish va kelish), talabalik vizasi va ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov hamda qaytarib beriladigan garov puli talaba tomonidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etilgan nomzod mustaqil ravishda, talabnomani universitet vebsaytida (https://aiu.edu.my/admissions/) to‘ldirishi, Al-Buxoriy xalqaro universiteti bilan bog‘lanishi va mazkur universitetning barcha kirish tartiblaridan onlayn tarzda o‘tishi kerak.

Al-Buxoriy xalqaro universitetida o‘qish shart-sharoitlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bilan https://www.aiu.edu.my/ veb-saytida tanishish mumkin.

Hujjat topshirish muddati – 2022-yil iyul oyigacha.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun TATU Samarqand filialining Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Xabiba Shamsiyevaga (telegram: @habibashamsieva) murojaat qilishingiz mumkin.