E'lonlar

Vengriya Qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universitetiga qisqa muddatli stajirovkalarga tanlov

Fevral 09, 2022 / Ko'rildi 782

Vengriya Qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universitetiga qisqa muddatli stajirovkalarga tanlov Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yil 24-dekabrdagi 16-51/7580-son xatiga qo'shimcha tarzda quyidagi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilganligini ma'lum qilamiz.

Bunda, Vengriya qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universitetida tashkil etiladigan qisqa muddatli ilmiy stajirovka o'tash uchun yo'nalishlar belgilandi.

Shu munosabat bilan, ilmiy stajirovka o'tashga mazkur belgilangan yo'nalishlar bo'yicha tavsiya qilinuvchi nomzod (ilmiy, ilmiy-pedagogik va texnik-muhandis shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchi, doktorant, mustaqil izlanuvchi va ta'lim oluvchi sifatida faoliyat yuritayotgan talabgor)lar mavjud bo'lgan taqdirda ular to'g'risidagi ma'lumot (hujjat)larni 2022 yilning 1 mart sanasiga qadar 1-, 2- va 3-ilovalarga muvofiq Innovatsion rivojlanish vazirligining info@mininnovation.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun:

Ilmiy stajirovkalarni va laboratoriya asbob-uskunalari xaridini tashkil etish bo'limi boshlig'i S. Taxirov, telefon: (90) 989 24 05;

Yetakchi mutaxassisi S. Sultonov, telefon (94) 420 68 70  elektron manzil: s.sultanov@mininnovation.uz.

1-ilova yuklab olish

2-ilova yuklab olish

3-ilova yuklab olish