SOS onalar uchun “Kompyuter savodxonligi” mashg‘ulotlari davom etmoqda
Sentyabr 22, 2021 / Ko'rildi 3319
O‘zbekiston Respublikasi Prezedentining 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5215-sonli Qarorida berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali va SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasining Samarqand filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, hozirda mazkur hamkorlik doirasida filial professor-o‘qituvchilari tomonidan SOS onalar uchun “Kompyuter savodxonligi” darslari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Jumladan joriy 2021 yilning 21 sentabr kuni filial Axborot texnologiyalari kafedrasi assistentlari Orzumurod Xolmatov hamda Mirjalol Fayzullayevlar tomonidan SOS onalar uchun boshlang‘ich ofis tajribasini shakllantirish, kompyuterda matn yaratish bo‘yicha birlamchi ko‘nikmalar berish maqsadida maxsus “Kompyuter savodxonligi” darslari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etganlarning barchasi Word, Excel, PowerPoint dasturlarida ishlash, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish ko‘nikmalarini egallagan holda kun sayin rivojlanib borayotgan AKT sohasi haqida batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.
Hozirda filial tomonidan yo‘lga qo‘yilgan SOS onalar uchun kompyuter bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini egallashga ko‘maklashuvchi “Kompyuter savodxonligi” mashg‘ulotlari davom etmoqda.
TATU Samarqand filiali
Axborot xizmati