Yangiliklar

Ta’limdagi korrupsiya — eng oliy jinoyat

Yanvar 21, 2023 / Ko'rildi 171

Mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oliy o‘quv yurtlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga ham astoydil kirishilgan. Ammo Poraxo‘rlikka qarshi kurash maqsadida olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlarga qaramay, “o‘qishga kiritib qo‘yaman, testni hal qilib beraman”, degan va shu orqali mo‘may pul ishlab olish ilinjidagi firibgarlar hali-hanuz uchrab turibdi. Afsuski, “Farzandim diplom olsa bo‘ldi, u yog‘i bir gap bo‘lar” qabilida ish tutadigan, farzandining qobiliyati, bilimi va salohiyati yetarlimi yoki yo‘q, bunga ikkinchi darajali masala sifatida qaraydigan ota-onalar ham yo‘q emas. Ochig‘i, ushbu holatlar yillar davomida ta’lim tizimidagi korrupsiyaning eng og‘riqli nuqtasi bo‘lib keldi.
Sohadagi islohotlar sabab vaziyat tubdan o‘zgardi, kimning bilimi, qobiliyati, salohiyati bo‘lsa, o‘sha odam o‘qiydi, degan tamoyilga amal qilina boshlandi. Shu bois endilikda ta’limdagi korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‘q qilishga astoydil kirishilgan. Bu boradagi dastlabki qadam test imtihonlarini topshirish jarayonini tartibga solish bilan boshlandi. Barcha jarayon nafaqat davlat organlari, balki keng jamoatchilik nazorati ostida shaffof tarzda o‘tadigan bo‘ldi.
Qisqasi, hujjat qabul qilishdan boshlab, test imtihonlarini o‘tkazish jarayonigacha abituriyentlar uchun barcha sharoit va imkoniyat yaratilyapti. Asosiysi, haqqoniylik va ochiqlik tamoyiliga amal qilinayotir. Shu jumladan TATU Samarqand filialida ham ta’lim tizimida ''Korrupsiyaviy  holatlarning sifatli ta'limga ta'siri'' mavzusida ma'naviy ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirdan maqsad filialda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish borasida bo’lib o’tdi.
Tadbir filal direktori Z. Karshiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda yig‘ilgan professor-o‘qituvchilarga ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi mavjud muammolar va ularning odilona yechimi bo‘yicha o‘z fikrinlarini aytib o‘tdi.
Hamda tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurgan Samarqand viloyat prokraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchi Sindor Ergashevga so‘z berdi.
Taʼlim sifatini baholash jarayonlarida korrupsion holatlarning oldini olish uchun shaffoflikni oshirishga, zamonaviy AKTdan foydalanib, inson omili taʼsirini kamaytirish va jarayonlarni soddalashtirish choralari koʻrilgan.
Shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash maqsadida taʼlim muassasalarini litsenziyalash, xorijiy davlatlarda berilgan diplomlarni tan olish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish, taʼlim muassasalari attestatsiyasi va akkreditatsiya jarayonlari toʻliq elektronlashtirilgan, dedi Sindor Ergashev. 
Filial korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans-nazorat bo‘limi boshlig‘i Qodirov O‘tkir To‘raboyevich so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashishda jazo muqarrarligini taʼminlash bilan birga, uning oldini olish choralarini koʻrish juda muhimligi taʼkidladi.