TATU Samarqand filialida fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi!
Aprel 05, 2023 / Ko'rildi 1714
Joriy yilning 4- aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Tillar kafedrasi mudiri Toirova Dilfuza Fayzullayevnaning filologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) dissertasiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi va D. Toirova «XIX asr fransuz realistik romani (janr va uslub muammosi)» mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Toirova Dilfuza dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan filial jamoasi nomidan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz va TATU Samarqand filiali ilmiy salohiyatini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz.