Filialda o‘quv seminari!
Yanvar 12, 2022 / Ko'rildi 3326
2022 yilning 12-yanvar kuni “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida joriy yilning 10 yanvaridan 24 yanvar kuniga qadar pedegog va xodimlar uchun o‘tkaziladigan amaliy seminar-treninglar to‘g‘risida”gi reja-jadvaliga asosan, filial professor o‘qituvchilar uchun “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot starategiyasi loyihasi” mavzusida o‘quv seminarining 3-kuni bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida direktorining Yoshlar masalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Farrux Usmonov olib bordi.
2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqildi.
Bugungi kunda “Harakatlar strategiyasi”ning davomi sifatida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategisi” loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Ushbu loyihaning 7 yo‘nalishi hamda 94 maqsadi bilan. fililalning barcha professor-o‘qituvchilari o‘quv seminar davomida tanishtirib o‘tildi.
Qiziqarli hamda savol javoblarga boy bo‘lgan o‘quv seminari barcha yig‘ilganlanga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.