Filialda yil yakunlari muhokamasi
Yanvar 09, 2023 / Ko'rildi 481
Joriy yiling 9-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2022 yil yakunlari hamda 2023 yil vazifalari to‘g‘risida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni filial direktori Z.Karshiyev olib bordi.
Z.Karshiyev kirish so‘zi bilan ochib, 2022 yil filial uchun juda ma’suliyatli yil bo‘lganligini, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanlar, forumlar va xalqaro anjumanlarda filialimiz vakillari ham o‘z ma’sulyatlarni his etgan holda ishtirok etganliklari ta’kidladi. Shu bilan birga, keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi muhim islohotlar hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga erishishimiz lozim. “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida biz ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishimiz, ilmiy salohiyaatimizni oshirishimiz, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlashimiz, filiallar reytingida yuqori o‘ringa ko‘tarilishimiz kerak deb ta’kidladi direktor.
Shundan so‘ng Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari A.Axmetjanovning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha yillik hisoboti tinglandi. Shu bilan birga o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Yakubjanova, bo‘lim boshlig‘i H.Bobobekova, Kafedra mudiri H.Mirzokulov va Matbuot kotibi A.Xotamovlarning axborotlari eshitildi. Erishgan yutuqlarimiz o‘zimizniki, deya takrorladi filial direktori. Lekin yo‘l qo‘ygan ba’zi bir kamchiliklarimizga barham berishimiz kerakligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shu qatorida yig‘ilishda professor-o‘qituvchilar faoliyatida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar ham berib o‘tildi.



