Yangiliklar

TАTU SАMАRQАND FILIАLI АKАDEMIK LITSEYIDА AJOYIB XUSH XАBАR 

May 04, 2023 / Ko'rildi 2492

Joriy yil 23–28-aprel kunlari Turkmaniston ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Ashxobod shahridagi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “OMOUS-2023” xalqaro ochiq matematika olimpiadasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali qoshidagi Akademik litseyi matematika fani o'qituvchisi Kamoliddinov Davlat Utkirjon o'g'li yakkalik tarkibda faxirli 2-o'rinni egallab, kumush medalini qo'lga kiritdi.

TATU Samarqand filiali jamoasi nomidan Kamoliddinov Davlat Utkirjon o'g'liga bundan keyin ham yurtimiz bayrog'ini yuqori marralarda ko'tarib yurishini tilab qolamiz.