E'lonlar

“Inqirozlarga chidamli Inklyuziv ta’lim tizimini yaratish uchun texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi xalqaro tanlov

Fevral 03, 2022 / Ko'rildi 969

“Inqirozlarga chidamli Inklyuziv ta’lim tizimini yaratish uchun texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi xalqaro tanlov
Ta’limda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi YUNESKO Qirol Hamad Bin Iso Al-Xalifa mukofotining (Mukofot) 2021 yil uchun “Inqirozlarga chidamli Inklyuziv ta’lim tizimini yaratish uchun texnologiyalardan foydalanish” mavzusida navbatdagi tanlovi (Tanlov) e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun: 2005 yil Bahrayn Qirolligining moliyaviy ko‘magida ta’sis etilgan Mukofot ta’lim sifatini va samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish sohasidagi loyihalarni taqdirlashni ko‘zda tutadi.
Tanlovning maqsadi – butun dunyo bo‘ylab davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi davrida barcha uchun ta’lim uzluksizligi va samaradorligini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan ta’lim dasturlarini yaratishdir.
Tanlovga nomzodlar 2022-yilning 13-fevraliga qadar ingliz yoki fransuz tilida TATU Samarqand filialining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga taqdim etilishi kerak. Tanlov doirasidagi barcha ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://en.unesco.org/themes/ict-education/ict-education-prize.
Nomzod bo‘lish bo‘yicha yo‘riqnoma ilova etiladi.
Ma’lumot uchun: Ta’limda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi YUNESKO Qirol Hamad Bin Iso Al-Xalifa mukofotining Nizomining 6-moddasi 6.2 bandiga asosan har bir hukumat o'zining Milliy komissiyasi orqali uchta nomzodni taqdim etishi mumkin. O‘z-o‘zini nomzod qilib ko'rsatgan shaxslarning nomzodnomalari ko’rib chiqilmaydi.
Xalqaro hay’at tomonidan ikkita sovrindor saralab olinadi hamda har biri diplom va 25,000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.
1-ilovani yuklab olish
2-ilovani yuklab olish
3-ilovani yuklab olish