Joriy yilning 29-dekabr kuni TATU Samarqand filialida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Dekabr 29, 2022 / Ko'rildi 2200
Tadbir filial Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari F.Usmonov hamda O'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari D.Yakubjanova kirish so‘zi bilan ochib berildi.
Hamda tadbirda yig’ilgan barcha filial o’qituvchi xodimlarini kirib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan oilaviy xotirjamlik, mustahkam sihat-salomatlik, yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan ezgu va xayrli ishlarida omad va zafarlar tiladi.
Ko'tarinki ruhda tashkil qilingan tadbir davomida "Yil sarhisobi" ham bo'lib o'tdi. Yangi yil shukuhini o'zida aks ettirgan ushbu tadbir barchaga birdek quvonch ulashganligi bilan esda qolarli bo'ldi.